BEMAʼNI ODATLAR OBRÖ KELTIRMAYDI
Ayni kunlarda mamlakatimiz böylab töy-marosimlarda, turli oilaviy tantanalarda ortiqça dabdababozlikka, isrofgarçilikka çek qöyiş dolzarb mavzularning biriga aylangan. Afsuski, kun sayin töylar göyoki oilaning moddiy imkoniyatini köz-köz qiladigan poygaga öxşab ketayotgani bor gap...
Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda bir kelinning sepini yuklagan oltita yuk maşinaning turnaqator bölib ketayotganini körib, men kabi hayratlangan odamlar köpçilikdir, degan xayolga bordim. Axir har qança mol-u dunyo turmuş qurayotgan yoşlarning baxtiga kafolat bölolmaydi-da. Qolaversa, qaynota, qaynona, kuyov bölayotgan insonlarning oriyati qayda qoldi?
Şunday xabarlarni öqiganimizda, albatta, har birimiz «bunday odatlar iloyo bizdan yiroq bölsin», deb qöyamiz. Çunki baʼzilarning bunçalik özini köz-köz qilişi, qurbi yetmaganning dilini oğritadi. Şunday qilişga intilgan ota-onalar moddiy tarafdan qiynalib qolişi tayin.
– Keyingi vaqtlarda töy-marosimlarni ixçamlaştiriş, töy bazmiga taklif etiluvçilar sonini qisqartiriş va spirtli içimliklar kamroq qöyilişi borasida ança ijobiy özgarişlarga erişayapmiz, – deydi “Bosuv” MFY diniy maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari böyiça maslahatçisi Hanifa Törayeva. – Biroq keyingi vaqtlarda tobora urçib borayotgan nomaqbul odatlar ota-onalarni qiynab qöymoqda. Masalan, qiz uzatilsa, “gulyanka”da kelin bölmişning singlisi uçun alohida maşina ajratiladi. Bu göyoki unga hurmat emiş. Buningdek nomaqbul odatlarning “bolalab” ketişining oldini olişga intilayapmiz.
Bu hayotda qanday yaşaş, topganini qanday sarflaş har kimning öziga havola. Biroq, beʼmani odatlar kişiga obrö keltirmaydi. Aksinça, obrösini tökişini yodda tutişimiz kerak.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶