BIP YOʻLA UChTA ANSAMBL GʻOLIB


Joriy yilning 25-fevral kuni Nukus shahrida bolalar musiqa va sanʼat maktablari xalq cholgʻu ansambllarining Qoraqalpogʻiston Pespublikasi miqyosidagi koʻrik-tanlovi boʻlib oʻtdi.
Mazkur koʻrik-tanlovda tumanimizdagi 9-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabi oʻquvchilari ham ishtirok etishib, faxrli oʻrinlarni qoʻlga kiritishdi. Musiqa va sanʼat maktabining bir yoʻla uchta ansambli birinchi va ikkinchi oʻrinlarni egallashdi.
Sayfulla Gulmonov va Farhod Xudoyberganovlar rahbarligidagi anʼanaviy xonandalar ansambli bilan Ulfat Shukurullayev va Murod Eshimbetovlar rahbarligidagi anʼanaviy sozandalar ansambllari 1-oʻrinlarni egallagan boʻlsa, Xurshid Tojiboyev va Oʻtkir Bobojonvlar rahbarligidagi xalq cholgʻu ansambli faxrli 2-oʻringa sazavor boʻlishdi.
Koʻrik-tanlvo gʻoliblari yaqinda Ellikqalʼa tumanida boʻlib oʻtadigan bolalar musiqa va sanʼat maktablari xalq cholgʻu ansambllarining Pespublika koʻrik-tanlovi hududiy bosqichida ishtirok etishadi.
P.Yoʻldosheva

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶