FAVQULODDA VAZIYaTLAR BOʻYIChA YIGʻILISh
Joriy yilning 12-fevral kuni tuman hokimligining katta majlislar zalida tuman hokimi oʻrinbosari Ulugʻbek Polvonov raisiligida Favqulodda vaziyatlar Davlat tizimi xizmatlari xodimlari, idora va tashkilotlar rahbarlari, tumandagi ovul va mahalla fuqarolar yigʻinlari raislari ishtirokida kengaytirilgan yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Yigʻilishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari, podpolkovnik Tengelboy Yeshmuratov “Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va harakat qilish Davlat tizimi xizmatlari va vositalarining tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish” mavzusida maʼruza qildi.
Maʼruza yuzasidan ovul va mahalla fuqarolar yigʻinlari raislari oʻz fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Yigʻilish yakunida joriy yilning 20-22-fevral kunlari tumanimizda Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qoʻmondonlik-shtab tomonidan oʻquv-amaliy mashgʻulotlari oʻtkazilishi hamda ushbu oʻquv-amaliy mashgʻulotlarida mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar korxona, tashkilot, muassasalar, ovul va mahalla fuqarolar yigʻinlarining barcha toifadagi xodimlari ishtirok etishi belgilab olindi.
R.Yoʻldosheva

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶