MIBning Amudaryo tumani bölimi tomonidan qanday işlar amalga oşirilmoqda
Bugungi kunda mamlakatimizda barça sohada tub islohotlar amalga oşirilmoqda. Islohotlar aholi turmuş darajasini yaxşilaş, iqtisodiyotni yuksaltiriş, yurtimizni rivojlangan davlatlar qatoriga olib çiqişga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Bugungi davr har birimizdan mana şu islohotlarni amalga oşirişga munosib hissa qöşişimiz uçun faol bölişni talab qiladi.
Prezidentimiz Ş.Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida Özbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirişning eng ustuvor yönalişlari körsatib berildi. Mamlakatimizning yanada taraqqiy etişi uçun Murojaatnomada körsatilgan bu ustuvor yönalişlar barça sohalar uçun dasturilamal bölib xizmat qiladi.
Murojaatnomada Yurtboşimiz mamlakatimizdagi asosiy energiya resurslari narxlari haqida söz yuritib, bizda energiya va tabiiy gaz resurslari rivojlangan davlatlarga nisbatan bir neça barobar arzonligini aytib ötdi. Lekin şunga qaramasdan, energiya resurslaridan oqilona foydalanilmayotgani haqida davlatimiz rahbari jon kuydirib sözladi.
Aholi va boşqa obʼektlarning elektr energiya va tabiiy gaz resurslari böyiça tölov intizomini mustahkamlaşda ijro işi yuritiş maqsadida Majburiy ijro byurosi tomonidan qator işlar amalga oşirilmoqda. Majburiy ijro byurosi tuman bölimi tomonidan 113 ta holatda noqonuniy energiya resurslaridan foydalanganlik böyiça dalillar qayd etilib, şundan elektr energiyadan 91 ta, tabiiy gazdan 22 ta holat aniqlandi.
Elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganlik holati böyiça 74 nafar şaxslarga nisbatan maʼmuriy huquqbuzarlik işi qözğatildi. Suriştiruv davrida 42 mln. 688,4 ming söm zarar aniqlanib, şundan 24 mln. 895,8 ming söm undirildi.
Huquqbuzarlik sodir etgan şaxslarga nisbatan 63 mln. 467,1 ming söm maʼmuriy jarima qöllanilib, şundan 45 mln. 86,1 ming söm undirildi.
Tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilganlik holati uçun 17 nafar şaxslarga maʼmuriy huquqbuzarlik işi qözğatildi. Suriştiruv davrida 10 mln. 969,2 ming sömlik zarar aniqlandi, şundan 10,9 mln. söm undirildi.
Huquqbuzarlik sodir etgan şaxslarga nisbatan 15,6 mln. söm maʼmuriy jarima qöllanilib, jarimalar töliq undirildi.
Majburiy ijro byurosi tuman bölimi tomonidan elektr energiya böyiça 760 mln. 686 ming sömlik qarzdorlik uçun yuridik şaxslarning hisob raqamlariga inkassa topşiriqnomalari qöyildi va şundan 258 mln. söm undirildi.
Yurtimizda iqtisodiy rivojlanişga erişiş uçun elektr energiyasi, tabiiy gaz va içimlik suvi manbalaridan oqilona foydalanişimiz hamda har biri uçun tölovlarni öz vaqtida amalga oşirib borişimiz lozim. Bu borada loqaydlikka yöl qöymasdan, tölovlarni amalga oşirişga eʼtiborli bölişimiz kerak.
Z.Saidmamudov, Majburiy ijro byurosi
tuman bölimi boşliği, 1-darajali yurist.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶