36 ta oilaga gaz plita va maishiy gaz ballonlari berildi
Amudaryo tumanida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarining uy-joy va maishiy sharoitini yaxshilash, boquvchisini yoʻqotgan, nogiron oila aʼzolarini parvarishlayotgan ehtiyojmand kishilarni uy-joy bilan taʼminlash, yashash joylarini taʼmirlash, kasalmand oila aʼzolarining salomatligini tiklash boʻyicha amaliy yordamlar koʻrsatish ishlari keng koʻlamda olib borilmoqda. Tumanda shu kungacha 10 nafar kam taʼminangan oilalarning uy joylarini taʼmirlash ishlari yakuniga yetkazilmoqda.
Shuningdek, «Oʻrta qalʼa» OFY da yashovchi 12 yoshli Kuchkarova Gulzoda Nurbek qizi va «Boy ovul» OFY da yashovchi 6 yoshli Soatboyev Jamshid Oʻktam oʻgʻli tugʻma yurak nuqsoni boʻyicha Toshkent pediatriya tibbiyot institutida operatsiya boʻlib, «Kangli» OFY da yashovchi 8 yoshli Mallabayeva Asaloy Kenjaboy qizi, «Choykul» OFY da yashovchi 13 yoshli Paimov Bobur Soatboy oʻgʻli ushbu tibbiyot maskanida operatsiyaga tayorgarlik koʻrmoqda va V.Vohidov nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya markazida «Oʻrta qalʼa» OFY da istiqomat qiladigan 34 yoshli Umarova Dilfuza Urazbayevna tugʻma yurak nuqsonini jarrohlik yoʻli bilan davolashga va «Qipchok» OFY da yashovchi Atajanov Urazmat Qutlimuratovichlarga yurak ishemiya kasalligi, zoʻriqish stenokardiya AV blokadasini jarrohlik yoʻli bilan davolash uchun maxsus sertifikatlar topshirilgan.
Yangi yil bayrami arafasida tumandagi 111 nafar ehtiyojmand oilalarga kundalik turmushida zarur boʻlgan maishiy texnika jihozlari tantanali ravishda topshirilgan boʻlsa, yaqinda 36 ta oilaga gaz plita va maishiy gaz ballonlari berildi.
Mazkur tizimli tadbirlardan koʻzlangan asosiy maqsad – davlatimiz rahbari taʼkidlagandek, aholi oʻrtasida kam taʼminlanganlik darajasini kamaytirish, xalqimiz turmushi farovonligini oshirishdir. Davlatimiz tomonidan koʻrsatilayotgan bunday eʼtibordan respublikamiz hududlaridagi olis qishloq va ovullarda istiqomat qilayotgan ijtimoiy koʻmakka muhtoj insonlarning koʻngillari togʻdek koʻtarilmoqda va mamlakatimiz har bir fuqarosi davlatimiz va hukumatimiz eʼtiborida ekanligini chuqur his etmoqda.
Ulugʻbek Abdurahmonov, taʼlim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Amudaryo tuman Kengashi raisi

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶