Yoshlar ittifoqi Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi
Bugun – 3-fevral kuni Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi.
Majlisda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kengashi raisi A.Daniyarov, tuman hokimi S.Yoʻldashev, Yoshlar ittifoqi Amudaryo tumani Kengashi aʼzolari, apparat xodimlari ishtirok etdilar.
Majlis kun tartibidagi “Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Amudaryo tuman Kengashi tarkibiga oʻzgartirish kiritish haqida”gi, “Tashkilot tomonidan 2017-yil davomida amalga oshirilgan ishlar haqida”gi hamda “Yoshlar oʻrtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi hamda 2018-yildagi ustuvor vazifalar toʻgʻrisida”gi masalalar boʻyicha Yoshlar ittifoqining tuman Kengashi raisi M.Shermetov axborot berdi.
Shuningdek, “Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining korxona, tashkilot va taʼlim muassasalaridagi boshlangʻich tashkilotlari aʼzolari bilan ishlash tizimi toʻgʻrisida”gi masala boʻyicha Kengash raisi oʻrinbasari J.Davletov axborot berdi.
Majlisda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kengashi raisi A.Daniyarov, tuman hokimi S.Yoʻldashevlar soʻzga chiqib, yoshlarning bandligini taʼminlash, ularga ilm-fan, kasb-hunar sirlarini chuqur oʻrgatish, yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish, kelajagimiz egalarini jismonan sogʻlom, yuksak maʼnaviyatli qilib voyaga yetkazish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi rejalar haqida nutq soʻzladi.
Majlis soʻngida kun tartibidagi masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi Amudaryo tuman Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.
Gʻ.Yeshniyozov

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶