“I.Karimov asarlari bilimdoni” viktorinasi oʻtkazildi.
Amudaryo Qishloq xoʻjalik kasb hunar kollejida ham birinchi Prezidentimiz I..A Karimov tavalludining 80 yilligiga bagʻishlangan tadbirlar oʻtkazildi. Kollej oʻquvchilari “Islom Karimov asarlari bilimdoni” viktorinasida Birinchi Prezidentimizning asarlari boʻyicha bilimdonliklarini sinab koʻrdilar.Oʻquvchilar Islom Karimov asarlarining mazmun-mohiyati, chuqur gʻoyalari, teran mushohadalari haqida oʻz fikrlarini bayon etdilar.Kollej oʻquvchilari “Mening Birinchi Prezidentim” mavzusidagi insholar tanlovida ham ishtirok etdilar. Amudaryo Qishloq xoʻjalik kasb hunar kolleji direktorining maʼnaviyat va maʼrifat ishlari boʻyicha oʻrinbosari O.Eshchanov oʻquvchilarga Oʻzbekistonning Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning mustaqillik va yurt istiqboli yoʻlidagi ulkan bunyodkorlik ishlari haqida maʼruza qildi. Oʻzbekistonning Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning tavallud kuni arafasida oʻtkazilgan tadbirda 10-2017 guruhi oʻquvchisi B.Allaqulov “I.Karimov asarlari bilimdoni” viktorinasi gʻolibi deb topildi. “Mening Birinchi Prezidentim” insholar tanlovi boʻyicha esa 19-2016 guruhi oʻquvchisi M.Eshimova 1-oʻrin, 10-2017 guruhi oʻquvchisi B.Allaqulov 2-oʻrin, 8-2017 guruhi oʻquvchisi L.Mahmudova 3-oʻrin gʻolibi boʻldilar. Kollej oʻquvchilari Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovni chuqur ehtirom va minnatdorchilik bilan yodga oldilar.
Xosiyat Qurbonboyeva,
Amudaryo Qishloq xoʻjalik kasb hunar kolleji
huquqshunoslik fani oʻqituvchisi

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶