TINÇ-OSOYIŞTALIK UÇUN KURAŞ – HAMMAMIZNING BURÇIMIZ
Mamlakatimiz va aholi tinç-osoyiştaligiga rahna soluvçi turli darajadagi huquqbuzarliklar va jinoyatlarga qarşi kuraş samaradorligini oşirişga alohida eʼtibor qaratilmoqdaki, bu saʼy-harakatlar natijasi turmuşimizda yaqqol namoyon bölmoqda. Bu borada muhtaram Prezidentimiz Ş.Mirziyoyevning “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatçilikka qarşi kuraşiş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida” qabul qilgan qarorida belgilab berilgan vazifalarning ijrosini taʼminlaş borasida amalga oşirilayotgan işlar ham salmoqli örin tutadi. Qarorga muvofiq, kamçiliklarning sabab va şaroitlarini aniqlaş, tahlil qiliş hamda ularni huquqni qöllaş amaliyoti va qonun hujjatlarini takomillaştiriş yöli bilan bartaraf etiş, vakolatli organlar va muassasalarning huquqbuzarliklarning oldini oliş va ularga barham berişda jamoat taşkilotlarining, davlat muassasalarining özaro hamkorligini mustahkamlaş yölga qöyilayotgani yurtimizda tinçlik-osoyiştalikni taʼminlaşga sezilarli taʼsir körsatmoqda.
Jamoat taşkilotlari vakillari tuman içki işlar bölimi xodimlari bilan “Tungi xizmat” tadbirida va reydlarda iştirok etişi jarayonida bunga guvoh bölişayapti. Bu tadbirlar davomida tungi vaqtlarda ota-ona nazoratisiz köçalarda, tomoşa joylarda yurgan voyaga yetmaganlar aniqlanib, ularning ota-onalari bilan suhbatlaşib, buningdek hollarni qayta sodir etişiga yöl qömasligi lozimligi tuşuntirilmoqda. Jamoat joylarida spirtli içimlik içib yurganlarga çoralar körilmoqda. Bemaqsad köçalarda yurganlarga nisbatan tuşuntiriş işlari olib borilmoqda, tarbiyasi oğir bolalar bilan alohida suhbatlaşilmoqda. Aholining tinç-osoyiştaligini, jamoat tartibini saqlaşda, huquq-buzarliklarning oldini olişda profilaktika inspektorlari zimmasiga yuklanayotgan masʼuliyatli vazifalarning ijrosi taʼminlanayotgani ham osoyiştaligimizda muhim örin tutayotgani, şubhasiz.
Endilikda mazkur xizmat xodimlari Yurtboşimizning “Içki işlar organlari tayanç punktlarining profilaktika inspektorlarini xizmat uy-joyi bilan taʼminlaşga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi 2017-yil 20-aprelda qabul qilgan qaroriga muvofiq, özlari mehnat qiladigan hududda uy-joy bilan taʼminlanmoqda. Bu bilan aholi hayotida biror notinçlik bölsa, unga tezkor murojaat qiliş imkoni tuğiladi. Qolaversa, profilaktika inspektori öz hududi aholisi bilan hamnafas bölib yaşaydi. Turmuşidagi muammolariga birgalikda yeçim topadi. Bu – osoyiştalik sari yana bir muhim qadam böladi.
Yurtdoşlarimizni kelgusida mamlakatimizning dunyodagi eng tinç-totuv mamlakatga aylanişiga hissa qöşişga çaqiraman. Çunki şu aziz Vatan barçamizniki! Uning osoyiştaligi ham hammamizga boğliq.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶