AMUDARYo TUMANIDA TADBIRKORLAR SAFI TOBORA KENGAYMOQDA
Mustaqilligmizning dastlabki yillaridanoq mamlakatimizda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, kichik biznes, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga alohida eʼtibor berildi. Shu boisdan ham kichik biznesning iqtisodiyotimizdagi ulushi tobora ortib borayapti.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 28-sentyabrdagi “Tadbirkorlik subʼektlariga “yagona darcha” tamoyili boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori Davlatimiz tomonidan kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish, roʻyxatdan oʻtkazish va ruxsat beruvchi xujjatlarni olish mexanizmlarini yanada soddalashtirish maqadida olib borilayotgan siyosatning yana bir dalili boʻldi.
Mazkur qarorga asosan 2016-yilning 1-yanvaridan boshlab tuman hokimliklari huzuridagi tadbirkorlik subʼektlarini roʻyxatdan oʻtkazish inspektsiyalari negizida tashkil etilgan tadbirkorlik subʼektlariga “yagona darcha” tamoyili boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish yagona markazlari faoliyat boshlagan edi.
Davlatimiz tomonidan tadbirkorlik subʼektlariga “yagona darcha” tamoyili boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish tartibining takomillashtirilishi Amudaryo tumanida ham oʻz samarasini berayapti. Natijada tumanda yangidan ish boshlayotgan yuridik va jismoniy shaxslar soni tobora koʻpayib borayapti.
2016-yil davomida tumanda 136 ta yuridik, 351 ta jismoniy shaxs davlat roʻyxatidan oʻtgan boʻlsa, 2017-yilda 228 yuridik va 440 jismoniy shaxslar roʻyxatdan oʻtkazilgan.
Ayni kunda tumanda faoliyat koʻrsatayotgan “Davlat xizmatlari markazi”da yuridik va jismoniy shaxslarga xizmat koʻrsatish ishlari davr talablariga mos ravishda olib borilmoqda.
A.Jumaniyozov.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶