ChIQINDILAP – EKOLOGIK MUAMMO
Atrof-muhitga va aholi salomatligiga salbiy taʼsir etayotgan maishiy va boshqa chiqindilar ekologik muammolardan biriga aylanmoqda. Bugungi kunda aholi tomonidan tashlanayotgan chiqindilar atrof-muhitni ifloslantirishi natijasida tabiatga, fuqarolar hayoti va sogʻligiga xavf tugʻdirmoqda.
Ayni paytda chiqindi muammosi nafaqat Oʻzbekiston, balki, butun dunyo aholisini tashvishga solmoqda. Aholi soni jadallashib oʻsayotgani sababli, ularning ehtiyojini qondirish uchun millionlab turdagi mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. Buning natijasida chiqindilar ham koʻpaymoqda. Buning oldini olish maqsadida esa hukumatimiz tomonidan koʻpgina qonun hujjatlari ishlab chiqilmoqda.
Pespublikada sanitariya va ekologik vaziyatni yaxshilash, aholi turmush darajasi va sifatini yanada oshirish uchun ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi huzurida “TOZA HUDUD” davlat unitar korxonalarining samarali faoliyati tashkil etildi.
Tumanda tashkil qilingan “TOZA HUDUD” DUKda 7 ta maxsus chiqindi mashinalari va suyuq chiqindilar uchun bitta maxsus mashina ajratilgan boʻlib, aholiga xizmat koʻrsatib kelmoqda. Korxona tomonidan jismoniy va yuridik shaxslar bilan chiqindilarni olib chiqib ketish boʻyicha ikki tomonlama shartnomalar tuzilib, aholiga sifatli xizmat koʻrsatilmoqda. Lekin aholining ayrim qismi dilni xira qiladigan chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlashi natijasida tumanimiz tozaligiga va ekologiyaga katta zarar yetmoqda. Shu sababli, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish tuman boʻlimi inspektorlari tomonidan noqonuniy chiqindilar tashlangan holatlar aniqlanib, qonunbuzarlarga qonunda belgilangan choralar koʻrilmoqda.
Qonunga koʻra, chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlagan fuqarolar “Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisida”gi Kodeksning 91-moddasiga asosan, eng kam ish haqining bir barobaridan uch barobarigacha miqdorda jarima jazosiga tortiladi.
Aziz hamshaharlar! Barchamiz yurtimiz, tumanimiz toza va ozodaligi uchun masʼulmiz. Atrof-muhitning chiqindilar bilan ifloslanishiga yoʻl qoʻymaylik. Tabiatni asraylik!
Javlon Pajabov,
tuman Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boʻlimi inspektori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶