Vatanni asrash - har bir insonning burchi
Mangʻit shahridagi 31-sonli umumtaʼlim maktabida 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan oʻtkazilgan adabiy-badiiy tadbir shunday nomlandi. Maktabning 8-sinf oʻquvchilari tomonidan tashkil etilgan mazkur tadbirda oʻquvchilar Milliy Armiyamizning qudrati va salohiyati, harbiy zobit va askarlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar, shuningdek, Oliy Bosh Qoʻmondon Shavkat Mirziyoyev rahbarligida mamlakatimiz Mudofaa tizimida olib borilayotgan islohatlar mazmun-mohiyati haqida oʻzlari tayyorlagan maʼruzalari bilan qatnashdilar. Harbiylarni madh etuvchi shuningdek, Ona Vatanga muhabbat, doʻstlik va tinchlik, millatlararo totuvlikni madh etuvchi sheʼrlardan oʻqidilar.
Boʻlib oʻtgan tadbir oʻquvchilarda chuqur taassurot qoldirdi.
Maryam Yusupova, 31-maktab oʻqituvchisi

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶