2017-yilda Amudaryoda taʼlim tizimida qanday oʻzgarishlar roʻy berdi?
Barcha zamonlarda ham kelajak avlod haqida qaygʻurish, sogʻlom, barkamol naslni tarbiyalab, voyaga yetkazishga intilish xalqimizning milliy xususiyati boʻlib kelgan va bu xususiyat mustaqillik davriga kelib davlatimizning eng ustuvor siyosatiga aylandi.
Prezidentimizning 2016-yil 29-dekabr kungi “2017-2021-yillarda maktabgacha taʼlim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qaroriga koʻra 2017-2021-yillarga moʻljallangan Davlat dasturi tasdiqlandi. Yaqin 5-yil ichida tumanimizda 15 ta MTM binolarida qurilish va taʼmirlash ishlari olib boriladi. 10 ta MTM binosi kapital rekonstruktsiya qilinadi va yangidan quriladi. 5 ta muassasa binosi kapital taʼmirlanib, zamonaviy jihozlar bilan taʼminlanadi. Ushbu maqsadlar uchun 11,6 mlrd. soʻm byudjet mablagʻlari ajratilishi koʻzda tutilgan. Shuningdek, 2018-yilda davlat-xususiy sheriklik asosida 10 ta MTM binosi yangidan quriladi.
2017-yilda 3-sonli MTM binosi yangidan qurilib, foydalanishga topshirildi.
Joriy yilda “Boʻzyop” ovulidagi 77-sonli maktab binosi kapital rekonstruktsiya qilindi. Qangli ovulidagi 79-sonli maktabga 40-oʻrinli, “Namuna” mahallasi hududidagi 78-sonli maktabga 80-oʻrinli, “Yuqori qishloq” mahallasi hududidagi 81-sonli maktabga 60-oʻrinli, “Beshovul” mahallasidagi 82-sonli maktabga 120-oʻrinli qoʻshimcha oʻquv binolari qurilib, foydalanishga topshirildi.
2017-yilda “Doʻrman” ovulidagi 20-sonli, Amir Temur nomli ovuldagi 25-sonli, “Bosuv” mahallasidagi 26-sonli maktablarda va “Ayoqchi” mahallasidagi 29-sonli MTMda toʻliq kapital taʼmirlash ishlari olib borildi.
2017-yilda yilida 9-sinflar oʻquvchilari oʻrtasida 21 ta fan boʻyicha oʻtkazilgan fan olimpiadasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichida tumanimiz maktablaridan jami 43 nafar bilimdon yoshlar muvaffaqiyatli ishtirok etib, ulardan 9 nafari sovrinli oʻrinlarni egallashdi. Sovrinli oʻrinlar boʻyicha amudaryolik oʻquvchi-yoshlar Respublika miqyosida 3-oʻrin sohibi boʻldilar. 35 nafar bolalar esa «Bilimlar bellashuvi»ning Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichida yuqori natijalarga erishdilar.
Hozirda tuman xalq taʼlimi tizimi tasarrufidagi oʻquv muassasalarida salkam 800 ta fan toʻgaraklari tashkil etilgan boʻlib, mazkur toʻgaraklarga 19 yarim ming nafarga yaqin oʻquvchi-yoshlar jalb qilingan. 154 ta sport sektsiyalarida 3028 nafar yoshlar oʻzlari qiziqqan sport turlari bilan shugʻullanishmoqda.
“Umid nihollari - 2017” sport musobaqalarining Qoraqalpogʻiston hududiy va final bosqichlarida 200 nafar oʻquvchi-yoshlar sportning 15 turi boʻyicha muvaffaqiyatli ishtirok etib, sportchilarimizning aksariyati sovrinli oʻrinlarni egalladilar. Shaxmat boʻyicha 3 nafar ishtirokchi 1-oʻrin, 1 nafari 3-oʻrinni, boks boʻyicha 3 nafar sportchi 2-oʻrinni, 5 nafari esa 3-oʻrinni egallagan boʻlishsa, ogʻir atletika, stol tennisi, yengil atletika oʻzbek jang sanʼati, badiiy gimnastika, dzyu-do, kurash, belbogʻli kurash sporti boʻyicha yanada yuqori natijalar qoʻlga kiritildi.
2017-2018 oʻquv yilida tumanimizdagi 73 ta maktablarda 10-sinflar qayta tashkil qilinib, oʻquvchi-yoshlar taʼlimning keyingi bosqichini umumtaʼlim maktablarida davom ettirish imkoniyatiga ega boʻldilar.
Bolalar sportini rivojlantirish boʻyicha qilinayotgan ishlar doirasida tuman bolalar va oʻsmirlar sport maktabida sportning 20 ta turi boʻyicha 164 ta toʻgaraklar muntazam faoliyat olib bormoqda.
Mazkur toʻgaraklarda shugʻullanuvchi oʻquvchi-yoshlar safi bugungi kunda 2200 nafardan oshdi. 6 ta maktabda tashkil etilgan maxsus axborot-resurs markazlarining aʼzolari soni 4671 nafarga yetdi.
Robiya YOʻLDOShEVA tayyorladi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶