Amudaryolik qiz – adabiyot boʻyicha xalqaro tanlov gʻolibi
Oʻzining intiluvchanligi, serqirra qobiliyati bilan tengqurlaridan ajralib turadigan amudaryolik Qunduzoy Yusupova uchun 2017-yil katta yutuqlarga boy boʻldi. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga qarashli Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti qoshidagi akademik litseyning 2-bosqich oʻquvchisi Qunduzoy Yusupova Yosh shoir va yozuvchilarning IX Xalqaro tanlovida oʻz ijodiy ishlari bilan Oʻzbekiston nomidan ishtirok etib, sovrindor boʻldi va II darajali Diplom bilan taqdirlandi.
Shuningdek, u adabiyot yoʻnalishi boʻyicha “Zulfiyaxonim qizlari” koʻrik-tanlovning Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi, “Yil sardori - 2017” Respublika koʻrik-tanlovining Toshkent shahar bosqichi sovrindori, “Maʼrifat yulduzlari” Respublika yosh kitobxonlar koʻrik-tanlovining laureati boʻldi.
2017-yilda “Turon-iqbol” nashriyotida shoiraning “Kurtak” deb nomlangan uchinchi sheʼriy toʻplami nashrdan chiqdi.
Qunduzoyning kelajakda el-yurtimizga nafi tegadigan malakali kadr boʻlib yetishishida uning bu yutuqlari ilk pillapoya boʻlsa ajab emas.
Robiya YOʻLDOShEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶