17.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.10.2026, 22:18
Jamiyat 👁 1,831

Amudaryo tumanida Prezident archasi shodiyonalari (+video)

Amudaryo tumanida Prezident archasi shodiyonalari (+video)

 

Mamlakatimizda bolalar kelajagimiz vorislari, millatimiz davomchilari sifatida eʼzozlanadi. Poyoniga yetayotgan 2017-yil – Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida ertamiz egalarini har tomonlama kamolga yetkazish borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirildi. Bu ishlar bolajonlar uchun tashkil qilingan Prezident archasi bayram tadbirida yana bir marta eʼtirof etildi.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan yosh avlodni turli yot gʻoyalar, mafkuraviy tahdidlardan ishonchli himoyalash, ularning bilim va maʼnaviyatini yanada boyitishga qaratilgan koʻplab maʼrifiy loyihalar, amaliy chora-tadbirlar hayotga keng tatbiq etilmoqda.

Imkoniyati cheklangan yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari, ota-onasiz yoki ularning qarovisiz qolgan bolalarga mehr va gʻamxoʻrlik koʻrsatishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Har yili Yangi yil bayrami arafasida bu saxovat va mehr nishonalari dillarda yana bir bor boʻy koʻrsatadi.

Yangi – 2018-yil arafasida ham 12 nomdagi oʻquv qurollari va 15 xil shirinliklardan tayyorlangan “Prezident sovgʻasi” mamlakatimizning barcha hududlarida uyushtirilayotgan “Prezident archasi” tantanalarida orziqqan yuraklarni shodliklarga toʻldirdi. 29-dekabr kuni tumanimizdagi “Istiqlol” toʻyxonasida rang-barang chiroqlar bilan bezalgan archa atrofida bayram tantanalari tashkil etilib, bolajonlarga “Prezident sovgʻasi”ning ulashilishi bu boradagi ishlarning yorqin ifodasidir.

Tadbirda tumanimiz hokimi Sultonboy Yoʻldoshev soʻzga chiqib, yigʻilganlarni Yangi yil bayrami munosabati bilan qizgʻin muborakbod etdi. 2017-yilda tumanimizda barcha sohalarda amalga oshirlgan ishlarni sarhisob qilib, kelgusi yil rejalari xususida toʻxtaldi. Tadbir mehmonlari ishtirokida 50 nafar bolajonlarga bayram sovgʻalari tantanali ravishda topshirildi.

“Prezident archasi” bayram tadbiri shukuhli va esda qolarli voqealarga boy boʻldi. Unda ijtimoiy koʻmakka muhtoj, kam taʼminlangan oilalar hamda Vatanimiz tinchligi va xavfsizligi yoʻlida halok boʻlganlarning farzandlari ishtirok etdi. Toʻyxona binosi bayramona oʻyinchoq va chiroqlar bilan bezatilgan archa atrofida Qorboboyu Qorqiz, turli ertak qahramonlari, taniqli sanʼatkorlar bir-biridan bejirim liboslar kiyib, bayramga oshiqqan bolajonlarni va mehmonlarni xushnudlik bilan kutib oldi. Bu yerda yangragan kuy-qoʻshiqlar, ertak qahramonlarining hazil-mutoyibalari yigʻilganlarga koʻtarinki kayfiyat ulashdi.

Jonajon Vatanimizda har bir inson aziz, uning qadr-qimmati yuksak. Shunga monand xalqimizning mehri daryo, saxovati ummon. Ayniqsa, farzandlarga mehr-muhabbat koʻrsatish azaliy qadriyatimiz. “Prezident archasi” bayram tantanalarida ham xalqimizning ana shunday insonparvarlik, mehr-oqibatlilik kabi ezgu fazilatlari yana bir bor namoyon boʻladi. Bu tadbir bolalarga quvonch, bir umrga unutilmas xotiralar tuhfa etadi.

...Chorlov musiqasi bolajonlarni ajoyib ertak-spektakl tomoshasiga chorladi. Tumandagi taʼlim muassasalarining ijodiy jamoalari tomonidan sahnalashtirilgan musiqiy chiqishla bayram qatnashchilari eʼtiboriga havola etildi. Qiziqarli sarguzashtlarga boy voqealar, kuy-qoʻshiqlar, raqslarni oʻzida jamlagan sahna koʻrinishi asnosida kichkintoylar ahillik, hamjihatlik, mehnatsevarlik, halollik, kattalarga hurmat, aql, odob insonga ziynat bagʻishlovchi fazilatlar ekanining guvohi boʻldi.

Tadbir nihoyasida barcha bolalar, yosh ijrochilar, bayram ishtirokchilari joʻrlikda “Prezident archasi” qoʻshigʻini ijro etdi.

Yangi yil munosabati bilan bayram tantanalari tumanimizdagi barcha taʼlim muassasalari, mehnat jamoalarida koʻtaringki ruhda davom etmoqda.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026