Amudaryodagi Yangi yil yarmarkasida 42 turdagi isteʼmol mahsulotlari arzon narxlarda aholiga yetkazib berilmoqda (+video)
2017-yilning 10-dekabridan 2018-yilning 10-yanvariga qadar Oʻzbekistonning barcha hududlarida Yangi yil savdo yarmarkalari tashkil qilinib, ularda 38 turdagi qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari arzon narxlarda sotilishi belgilangan. Tumanimizda bayramoldi qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yarmarkasi ancha erta tashkil etilib, faoliyat yuritmoqda. 2017-yilning 11-noyabridan boshlab «Mangʻit dehqon bozori» hududida aholiga namunali savdo xizmati koʻrsatayotgan qishloq xoʻjaligi yarmarkasi faoliyatidan xalqimiz mamnun.
Yarmarkada 2 ta savdo-xarid korxonasi, 7 ta dehqon xoʻjaliklari oʻz mahsulotlari bilan ishtirok etishmoqda. Bundan tashqari, yakka tadbirkorlar tomonidan goʻsht va sut mahsulotlari, «Amudaryo tutinuv» masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan shakar, makaron, “Tezkor savdo” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan esa meva-sabzavot, shuningdek, konservalangan goʻsht, baliq mahsulotlari – jami 42 turdagi isteʼmol mahsulotlari arzon narxlarda aholiga yetkazib berilmoqda. Barcha savdo tarmoqlari nazorat-kassa mashinalari va savdo terminallari bilan jihoz-langanligidan xaridorlar mamnun.
Yarmarka hududida nazorat tarozilari ham oʻrnatilgan. Sotuvdagi mah-sulotlarning sifati, isteʼmolga yaroqliligi doimiy eʼtiborda. Muhimi, xalqimizning Yangi yil dasturxoni toʻkin va fayzli boʻlishiga yarmarkadagi har bir sotuvchi oʻz hissasini qoʻshamoqda.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶