Endi hokim, prokuror, içki işlar va soliq organlari rahbarlarining faoliyati 100 ballik tizim asosida baholanadi.
2018-yil 1-yanvardan Qoraqalpoğiston Pespublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrining tumanlar va şaharlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş böyiça hudud rahbarlari faoliyatini baholaşning yangi mezoni amalga tatbiq etiladi. Bunda baholaş ikki qismdan iborat böladi. Birinçisi, rasmiy statistik hamda Özbekiston Pespublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalariga va Virtual qabulxonasiga kelib tuşayotgan murojaatlar böyiça maʼlumotlarni öz içiga oladi. Bu haqda ÖzA maʼlum qilmoqda.
Pasmiy statistik maʼlumotlar ijtimoiy soha, iqtisodiyot, qişloq xöjaligi sohasi, kommunal xöjaligini taşkil qiliş va uy-joy masalalari, huquq-tartibot sohasidagi körsatkiçlarni hamda Özbekiston Pespublikasi Prezidentining 2017-yil 8-avgustdagi «Hududlarning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanişini taʼminlaşga doir ustuvor çora-tadbirlar töğrisida»gi qaroriga muvofiq şahar va tumanlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş böyiça taşkil etilgan sektorlar rahbarlari tomonidan uyma-uy yuriş, xalq bilan muloqot, aholi tomonidan kötarilgan muammolarni yeçiş böyiça körilayotgan çoralarning samaradorligi körsatkiçlarini öz içiga oladi.
Tizimdagi mezon-indikatorlarni baholaş böyiça maksimal körsatkiç 100 ballni taşkil etadi.
Bunda rasmiy statistik maʼlumotlar böyiça maksimal 80 ball, Özbekiston Pespublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalariga va Virtual qabulxonasiga kelib tuşayotgan murojaatlar böyiça maksimal 20 ball bilan baholanadi.
Hisobot davri sifatida har çorak olinadi va çorak yakuni böyiça yagona körsatkiçning özgariş dinamikasi orqali tegişli hududdagi rahbarning faoliyatiga asoslangan baho beriladi.
Baholaş natijalari örnak körsatgan sektorlar rahbarlari va davlat organlarining mansabdor şaxslari va xodimlarini rağbatlantiriş yoki yöl qöyilgan jiddiy kamçiliklari uçun ularni lavozimidan ozod etişgaça bölgan jazo çoralarining qöllanilişida foydalanilişi mumkin.
Qoraqalpoğiston Pespublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrining tumanlar va şaharlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş böyiça hudud rahbarlari faoliyatini baholaş tizimi töğrisidagi Nizom Özbekiston Pespublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-dekabrdagi «Qoraqalpoğiston Pespublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrining tumanlar va şaharlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş böyiça hudud rahbarlari faoliyatini baholaş mezonlarini joriy etiş töğrisida»gi qarori bilan tasdiqlangan.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶