Tramp "Time" versiyasiga köra "Yil odami" bölişdan boş tortganini maʼlum qildi
AQŞ prezidenti Donald Tramp maʼlum qilişiça, "Time" jurnali tahririyatidan unga yana "Yilning eng yaxşi odami”ga aylanişni taklif qilib, qönğiroq qilgan, lekin u bu taklifni rad etgan, deya maʼlum qilmoqda RIA Novosti.
Bu haqida Tramp özining Twitter sahifasida maʼlum qilgan.
Naşrning veb-saytidagi sörovnomaga köra, "Yil odami” böliş uçun nomzodlar orasida Saudiya Arabistonining valiahd şahzodasi Muhammad ibn Salman Al-Saud nomzodlar röyxatida yetakçilik qilmoqda.
Donald Tramp ötgan yili sobiq prezidentlikka nomzod Xillari Klinton va Facebook ijtimoiy tarmoğining asosçisi Mark Tsukerbergni ortda qoldirib, "Time" versiyasiga köra "Yil odami”ga aylangan edi. Tahririyat bu qarorini Trampning 2016-yilgi voqealarga eng katta taʼsir körsatgan prezidentlik saylovida ğalaba qozonganligi bilan izohlagandi.
"Time" jurnali tomonidan 1927-yildan beri "Yil odami" har yili aniqlab kelinadi. 1950-yillarga qadar aniq şaxslar laureatlarga aylandilar, ammo keyinçalik bu unvon mavhum personajlarga ham nasib qildi.
Rossiya va sobiq SSSR fuqarolari orasida "Yil odami" sifatida Iosif Stalin (ikki marta), Nikita Xruşçev, Mixail Gorbaçev, Yuriy Andropov va Vladimir Putin tan olingan.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶