ÖZIMIZGA YaRAŞADIGAN IŞLAR QILAYLIK
Inson nima uçun yaşaydi? Orzu-umidlardan bir gözal çaman yaratib, ana şu çaman içra özi yayrab, özgalarga ezguliklar ulaşib yaşaş – uning birdan-bir oliy maqsadi. Ana şunday tökin-soçin, fayzli hayot manziliga yetiş uçun u umr böyi intiladi, mehnat qiladi.
Xalqimiz azaldan mehmondöst, bolajon va albatta orzu-havasli. Bugungi kunda bu orzu-havas içida katta töy bersam, butun mahalla har kuni, har töyda oğzidan tuşirmay aytib yursa, deb kim özarga töy beruvçilar köpayib bormoqda. Ming afsuski, bunday töylar orqasidan köplab noxuşliklar, isrofgarçiliklar, baʼzi bir töylarda avtohalokatlar yuz berib, ayrim yoşlar umrining oxirigaça nogiron bölib qolayotgan voqealar ham sodir bölmoqda. Bu voqealarni eşitib, körib, bilib turib ham kim özarga töy beriş heç töxtamayapti. Kelin yoki kuyovning: "men falon maşinada çiqaman”, "falon sömlik kelin köylak, kostyum-şim kiyaman”, "falon qöşiqçi kelsin”, "töyim töyxonada bölsin!” degan talablariga kelin-kuyovning ota-onalari: "mayli, farzandlarimning köngli öksimasin”, deb rozi bölişmoqda. Ayrim hollarda kuyovning döstlari töy kuni bir xil maşinada çiqişi, yölda maşinalarning poygasi, kelin qimmatbaho kelin köylak kiyişi, kelin-kuyovning romantik musiqa sadolari ostida maxsus bezatilgan sahnada raqsga tuşişi oddiy hol bölib qolmoqda. Baʼzi bir ota-onalar "özi bitta öğlim yoki yolğiz qizim” deb juda köp isrofgarçilikka yöl qöyişadi. Ertaga bu isrofgarçilikning uvoli tutadi-ku!
Aslida töy degani ikki yoşning ahdi-paymoni asosida, qonuniy va şarʼiy nikohdan ötib, yaqin qarindoş-uruğini çaqirib, ularning duosini oliş emasmi? Yetti mahallaga töy berib, boşdan-oyoq qarzga botib, töydan keyin çet davlatlarga çiqib işlab, öz jonini özi azobga qöyiş töğrimi? Ayrim yoşlarimizdan ibo, hayo kötarilib, kattalar oldida uyalmaydigan bölib ketişyapti. Axir bir eslab köraylik, qaysi momo-bobolarimiz yoki ota-onamiz töyi kuni, odamlarning köz öngida quçoqlaşib valsga tuşgan, yetti mahallaga oş bergan, dabdabali töy qilaman deb qarz kötarişgan ekan? Ixçamgina töy berib ham baxtli hayot keçirişgan-ku!
Töğri, odam bu dunyoga bir marta keladi, bir marta kelin-kuyovlik libosini kiyib, kelin-kuyovlik vazifalarini ötaydi, lekin töy bir kunlik tantana, töydan keyingi hayot butun umrga tatiydigan katta yöl. Mana şu katta yöl bu hayotda bir marta yaşab, ötiş borasidagi sinov. Yigit-qizlarimiz esa oilaning asl mohiyatini bilmasdan töy kunida böladigan valsga tayyorlanayapti, töyini klip qilib, internet orqali özini köz-köz qilişmoqda. Keçirasiz-u ğururli, oriyatli erkak öz jufti-halolini butun dunyoga namoyon qilmaydi, ibo-hayoli, andişali qizlarimiz nikoh töyida yelkasi oçiq köylak kiyib, butun xalq köz öngida behayolarça valsga tuşmaydi. Axir u öz nomi bilan kelin, kelin esa ozgina uyatni, hayoni bilişi darkor.
Biz oriyatli xalqmiz! Har doim özimizga yaraşadigan işlar qilaylik!
Qarşiğa ALIMBOYeVA,
"Daryo böyi” mahallasi.
(Foto - http://albums.vsetut.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶