YoShLAR BILAN UChRAShUV
2017-yil 23-avgust kuni tuman hokimligi binosida "Hokim va yoshlar” uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda bolalar sportini rivojlantirish, qiz bolalarni sportga jalb qilish va iqtidorlarini qoʻllab-quvvatlash masalalari koʻrildi. Unda Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha tuman hokimi oʻrinbosari A.Yuldashev soʻzga chiqib, xozirgi kunda taʼlim muassasalari va tumandagi bolalar-oʻsmirlar sport maktabi faoliyatida yoshlar, bolalar va oʻsmirlarni sportga jalb qilish borasida yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklarga toʻxtaldi va iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning oʻz iqtidor va qobiliyatini namoyish etishlariga koʻmaklashish masalalariga eʼtibor qaratish zarurligini taʼkidladi.
Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi tuman Kengashi faollari Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil qilingan tashkilot yoshlarning haqiqiy tayanchi va suyanchi boʻlib, yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, muammo va takliflarini oʻrganish, yechimini topish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirishda yetakchi kuch sifatida maydonga chiqayotgani xususida soʻz yuritdilar.
Shuningdek, 2017-yil 23-avgust kuni tuman hokimligi, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi tuman Kengashi va bir qator tashkilotlar hamkorligida mehnat yarmarkasi tashkil qilindi. Unda 12 ta korxona va tashkilot oʻzlaridagi boʻsh ish oʻrinlari bilan ishtirok etishdi. Oʻtkazilgan yarmarka davomida 5 nafar yoshlar bilan mehnat shartnomalari tuzilib, ishga qabul qilindi.
Mahmud
Shermetov,
Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi tuman Kengashi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶