HAYoTINGIZGA YoNGʻIN XAVF SOLMASIN!
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23 maydagi "Ichki ishlar organlari yongʻin xavfsizligi boʻlinmalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2992-sonli Qarori 6-bandiga muvofiq haftaning har chorshanba kuni "Yongʻinlar profilaktikasi kuni” sifatida belgilandi.
Qoʻngʻirot tumanidagi Aqchalak shaharchasida barpo etilgan Ustyurt gaz-kimyo majmuasida "Yongʻinlar profilaktikasi kuni” tadbiri doimiy ravishda oʻtkazilmoqda. Majmuada asosan yuqori zichlikdagi poliyetilen va polipropilen granulasi ishlab chiqarilib, chet ellarga eksport qilinmoqda. Majmuani va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning xavfsizligini taʼminlash maqsadida bu yerda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi yongʻin xavfsizligi boshqarmasiga qarashli harbiylashtirilgan yongʻin xavfsizligi otryadi tashkil qilindi. Otryad zamonaviy avtomobillar bilan taʼminlangan boʻlib, har bir qismning yongʻin oʻchirish avtotransportlari va navbatchi shaxsiy tarkibi doimiy shay holatga keltirildi. Majmua zamonaviy yongʻin oʻchirish vositalari, yongʻin xavfidan xabar beruvchi va yongʻin oʻchiruvchi avtomatik qurilmalari bilan jihozlangan.
Hozirgi kunda majmuani yongʻindan muhofaza qiluvchi muxandis-inspektorlar tomonidan yongʻinning oldini olish borasida bir qancha chora-tadbirlar amalga oshirilib, targʻibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda. Oʻtkazilayotgan tadbirlarda majmuada ishlovchi xodimlarga Respublikamizda sodir boʻlayotgan yongʻinlarning koʻpchiligi eʼtiborsizlik oqibatida kelib chiqayotganligi, sodir boʻlayotgan yongʻinlar tahlili, sabablari va yongʻin oqibatida koʻrilayotgan katta talofatlar, inson hayotiga xavf soluvchi ogʻir kuyish holatlari haqida tushunchalar berilib, ogohlikka chaqirildi.
Yongʻin – tilsiz yov. Shuning uchun biz, albatta, yongʻin xavfsizligi qoidalariga qatʼiy amal qilgan taqdirdagina ushbu tilsiz yovni yenga olamiz. Shu bois, men barcha yurtdoshlarimizni har lahzada ogoh boʻlishga chaqiraman.
Ruslan HAMROYeV, 6-HYoXO inspektori, serjant.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶