MILLIY QONUNÇILIGIMIZDA AKS ETGAN QADRIYaT
Maʼlumki, har bir ota-ona öz farzandini oq yuvib, oq tarab voyaga yetkazar ekan, kelajakda farzandining kamolini körişni orzu qiladi, hayotda öz örniga ega bölişini xohlaydi. Şuningdek, har bir ota-ona farzandlari voyaga yetgaç, özlariga yordamçi bölişini, keksayganda qobil farzand bölib, ularga suyançiq bölişini istaydi. Bu kabi milliy qadriyatlarimiz, hatto qonunçiligimizda ham öz aksini topgan. Jumladan, ota-onaning farzandlari oldidagi majburiyati haqida Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 64-moddasida: «Ota-onalar öz farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqiş va tarbiyalaşga majburdirlar», deyilgan bölsa, Konstitutsiyaning 66-moddasida: «Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlar öz ota-onalari haqida ğamxörlik qilişga majburdirlar», deb belgilab qöyilgan.
Mazkur konstitutsiyaviy normalarning mohiyati şuki, har bir ota-ona öz farzandini voyaga yetkazişi va öz navbatida, farzandlar voyaga yetgaç, ota-onalariga ğamxör bölişi taʼkidlangan.
Demak, ota-onaning farzandlarini tarbiyalaşi va voyaga yetkazişi farzandlarga ayrim majburiyatlarni yuklar ekan, öz navbatida, davlat tomonidan ham yoş avlodning rivojlanişiga eʼtibor qaratilişi zamirida kelajakda ular mamlakat rivojiga munosib hissa qöşişiga umid boğlaş maqsadi yotadi.
Şu örinda «Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi»ning 29-moddasidagi bir muhim qoidani eslab ötiş lozim. Uşbu moddada: «Har bir inson jamiyat oldida majburiyatlarga ega, zero, uning şaxsi şu jamiyatda töla va erkin kamol topişi mumkin», deyilgan. Bu qoida maʼnaviy mazmunga ega bölib, uning zamirida jamiyatdagi boşqa insonlarning huquq va erkinligi hurmat qilinişiga erişiş maqsadi mujassam.
Xulosa sifatida şuni aytiş lozimki, yoşlar faqat huquqlarga ega bölib qolmay, muayyan bir majburiyatlarni ham bajarişlari, Vatan oldidagi masʼuliyatni his etmoqliklari lozim.
Demak, yoşlarimiz hukumatimiz tomonidan berilayotgan yuksak eʼtibordan samarali foydalangan holda jamiyatimiz taraqqiyoti, yurt istiqboliga munosib hissa qöşişi, bu ularning zimmasidagi eng oliy vazifa ekanligini unutmasliklari kerak.
Sultanmurat Kalenderov,
Nukus harbiy
prokurorining katta yordamçisi, adliya kapitani.
(Foto -

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶