YoŞLAR BIZDAN IBRAT OLIB ULĞAYSIN!
Joriy yilning 9-fevralida Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev raisligida içki işlar organlari faoliyati tizimida mavjud bölgan muammo va kamçiliklarni bartaraf etiş yuzasidan ötkazilgan videoselektor yiğilişida yoş avlod tarbiyasini kuçaytiriş uçun barça imkoniyatlarni işga soliş, taʼlim muassasalarida öquvçilar davomatini yaxşilaşga eʼtiborni kuçaytiriş zarurligi taʼkidlangan edi.
Yoşlar tarbiyasi uçun barçamiz masʼulmiz. Birinçi navbatda farzand oilada tarbiya topadi. Şu boisdan ham ota-ona bola tarbiyasiga jiddiy eʼtibor berişi lozim. Farzandlarga oilada yaxşi tarbiya berilsa, ularga barça şaroitlar yaratilib, böş vaqtlarini mazmunli ötkazişlariga eʼtibor kuçaytirilsa, ayni muddao böladi.
Agar bolalarga şunday imkoniyatlar yaratib berilmasa, ular zerikarli hayotlaridan bezor bölib, turli illatlarga ilakişib ketişlari mumkin.
Ming afsuski, ayrim oilalarda ota-ona farzandlariga namuna yoki ibrat böla olişmayapti. Ular farzandlari köz öngida spirtli içimliklar içişib, janjal va töpolon kötarişgaça borişadi. Xalqimizda: "Quş uyasida körganini qiladi”, degan hikmatli ibora bor. Ota-onaning bir-birovlariga behayolarça munosabatlarini körgan farzandning yaxşi inson bölib yetişişi qiyin, albatta. Bola avval oilada, keyin taʼlim muassasasida yaxşi tarbiya olişi lozim.
Yoşlar tarbiyasini yaxşi yölga qöyiş maqsadida oila – maktab – mahalla hamkorligini yaxşilaş lozim, deb hisoblayman. Çunki taʼlim-tarbiya işlari şunday taşkil etilgan joylardagi yoşlar psixologiyasi taʼlim va tarbiya ölda-jölda bölgan joylardagiga qaraganda tubdan farq qiladi.
Şunday ekan, aziz yurtdoşlar, yoşlar tarbiyasiga barça joyda – oilada ham, taʼlim muassasalarida ham, mahallalarimizda ham jiddiy eʼtibor beraylik.
Baxtiyor RAJABOV,
sport taʼlimi faxriysi.
(Foto: ÖzA)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶