22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 11:02
Jamiyat 👁 4,067

Qoraqalpogʻiston Respublikasi poytaxti - Nukus shahri haqida

Qoraqalpogʻiston Respublikasi poytaxti - Nukus shahri haqida

Nukus shahrining yer maydoni 221 kv.ni, doimiy aholi soni 303800 nafarni tashkil etadi. 2016 yilning dastlabki 6 oyida Nukus shahrida 106 ta loyiha amalga oshirildi. Shu asosda jami 432 ta yangi ish oʻrni tashkil etildi. Shu yili eksporter korxonalar qatoriga yangidan 5 ta korxona qoʻshildi.

Shaharda oliy oʻquv oʻrinlari 8 tani, oʻrta maxsus taʼlim muassasalari 20 tani, akademik litseylar 6 tani, umumtaʼlim maktablari soni 43 tani, maktab internatlari 89 tani tashkil etadi. Yil davomida 306736 kv.m hajmdagi turar joylar foydalanishga topshirildi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasida Mamlakatimizning barcha hududlaridagi kabi keng koʻlamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. Jumladan, 2009-2016-yillarda hududning 134 qishloq massivida namunaviy loyihalar asosida 3 ming 650 uy-joy qurilib, foydalanishga topshirildi. Nukus shahrida 34 koʻp qavatli uy, zamonaviy amfiteatr, Yoshlar markazi, I.Savitskiy nomidagi Qoraqalpoq davlat sanʼat muzeyining yangi binolari, turli sport majmualari bunyod etildi. Bu boradagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Yurtimizdagi barcha shaharlar qatorida Nukus shahri ham yil sayin chiroy ochib, tobora zamonaviy qiyofa kasb etmoqda. Keng va ravon koʻchalar boʻyidagi muhtasham koʻp qavatli turar joylar, savdo va xizmat koʻrsatish shoxobchalari, soʻlim xiyobonlar shahar koʻrkiga koʻrk qoʻshmoqda.

Koʻcha va xiyobonlarni koʻkalamzorlashtirish, bozorlar va qabristonlarni obodonlashtirish, koʻp qavatli uylar atrofini tozalash, maishiy chiqindilarni shahar tashqarisiga chiqarib tashlash borasida izchil ishlar olib borilmoqda. Shahar hududidagi barcha ekin maydonlarini texnik suv bilan sugʻorishni yaxshilash maqsadida zamonaviy qurilmalar oʻrnatilmoqda. Tuproqning meliorativ holatini yaxshilash, yangi koʻchat va nihollarning meʼyorda oʻsib-rivojlanishi uchun agrotexnik tadbirlar oʻz vaqtida oʻtkazildi, mahalliy oʻgʻit bilan oziqlantirildi.

Obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish oyligi davomida boshqarma tomonidan shahar boʻylab 21 ming tupga yaqin turli manzarali daraxt koʻchatlari oʻtqaziladi. 50 gektardan ziyod maydonga 13 mingdan ortiq gul koʻchatlari ekiladi va turfa gullar urugʻi sepiladi.

Nukus shahar markazidan kesib oʻtuvchi "Doʻstlik” kanalining ikki sohilida olib borilayotgan keng koʻlamli bunyodkorlik ishlarida ham boshqarma jamoasi faol qatnashmoqda. Yangi barpo etilayotgan xiyobon va sayilgohlarga ekilgan 7 ming 248 tup turli manzarali daraxt koʻchatlari parvarishlanmoqda.

Shaharning irrigatsiya tizimini yaxshilash, mavjud suv yoʻllarini taʼmirlashga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda. Ayni paytga qadar boshqarma tasarrufidagi 137 kilometr ariq va 24 suv nasosi taʼmirlandi. 2,2 kilometr yopiq gorizontal drenaj tozalandi. Koʻcha va xiyobonlarni yoritadigan 221 kilometrlik elektr tarmoqlarining holati tekshiruvdan oʻtkazildi. 245 markaziy va ichki koʻchalarga 6 ming 614 dona yoritgich, "Doʻstlik guzari” koʻchasi va Amfiteatrga 38 dona projektor oʻrnatildi. Eskirgan koʻcha yoritgichlari energiya tejaydigan zamonaviylariga almashtirildi.

Poytaxt - shaharning sanitariya tozaligini taʼminlash maqsadida koʻcha boʻylari, aholi dam olish maskanlari, koʻp qavatli uylar atrofini chiqindilardan tozalash doimiy eʼtiborda. Bu borada boshqarma huzurida tashkil etilgan "Nukusmaxsustrans” shoʻʼba korxonasi tomonidan chiqindilar oʻz vaqtida chiqarib tashlanmoqda. Aholi uchun yanada qulaylik yaratish maqsadida koʻp qavatli uylar qoshida maxsus zamonaviy chiqindixonalar tashkil etilgan. Ular suyuq va qattiq chiqindilar uchun alohida maxsus konteynerlar bilan taʼminlangan.Shuningdek, boshqarma tomonidan shahar hududidagi 12 qabriston ham obodonlashtirilmoqda. "Salmen ota”, "Shoʻrsha bobo”, "Qushxona”, "Oʻroz oxun”, "Gʻani ota” kabi qabristonlarda taʼmirlash ishlari olib borildi.

Qoraqalpogʻiston shaharlari orasida Nukus shahrining nufuzi aniq koʻzga tashlanadi. Nukus shahri aholisi Xoʻjayli shahari aholisidan 3-marta, Taxiatosh, Toʻrtkoʻl, Beruniydan 4-marta, Qoʻngʻirot, Chimboy, Mangʻitdan 7-marta koʻpligi bilan ajralib turadi.

Nukus shahri 212 kv.km maydoniga 261,7 ming aholisiga ega boʻlgan, Oʻzbekistonning shimoliy-gʻarbida joylashgan katta markaziy shahar hisoblanadi. Uning milliy tarkibini 122,4 ming kishini (46,8% ni) qoraqalpoqlar, 32,4 mingini (12,4%ni) oʻzbeklar, 57,8 mingini (22,1% ini) qozoqlar, 17,5 mingini (6,7%ni) ruslar, 31,4 mingini boshqa millatlar vakillari tashkil qiladi.

Mustaqillik yillarida Nukus shahri iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy, ekologik muammolar hal qilinadigan asosiy markazga aylandi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov Orol inqirozini yechishda Qoraqalpogʻiston poytaxtining yetakchi roli borligini koʻrsatdi.

1995-yil 18-20-sentyabr oraligʻida Nukus shahrida Orolboʻyi davlatlarini muntazam rivojlantirish toʻgʻrisida BMTning xalqaro konferentsiyasi boʻlib oʻtdi. Oʻrta Osiyo davlatlari va Qozogʻiston Prezidentlari uchrashuvi natijasida «Orol dengizi basseynidagi davlatlarning doimiy rivojlanishi muammolari boʻyicha Markaziy Osiyo davlatlari va xalqaro tashkilotlarning Nukus Deklaratsiya»si imzolandi. 1997-yilda Orolni qutqarish xalqaro jamgʻarmasining ijroiya komiteti tuzildi. Shundan eʼtiboran bu jamgʻarmaning Nukus filiali samarali faoliyat koʻrsatmoqda. 2000-2001 yillar davomida 2004 ming AQSh dollari hajmida «Nukus shahrida plazma ishlab chiqarishni tashkil qilish» mavzusida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borildi. 2001 yilda Nukusda stomotologik markaz qurildi va buning uchun 350 ming AQSh dollari sarflandi. 243 kmlik «Tuyamoʻyin-Nukus» va 112 kmlik «Nukus-Taxtakoʻpir» vodoprovod trassalari qurildi. Orolboʻyi «Onalik va bolalik» skrining markazi, akusherlik va ginekologiya ITI – Nukus filiali, Nukus shahri va tumanlar tibbiy yordam ilmiy markazining filiallari ochildi. Mahalliy xalq uchun katta qulaylik tugʻdirgan Amudaryo ustiga qurilgan Nukus-Xoʻjayli koʻprigini alohida aytish zarur. «Nukus-Sulton Vays-Miskin-Uchquduq» temir yoʻli yiliga 25 ming dollar tejashga imkon beradi. Nukus temir yoʻl vokzali butunlay qayta qurildi.
(Foto - sovminrk.gov.uz)
🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026