Xayr maktab, salom kollej!
Xalq taʼlimi vazirligining 2017 yil 28-apreldagi "Umumiy örta taʼlim muassasalarida 2016-2017 öquv yilini yakunlaş va «Xayr maktab, salom kollej!» tadbirlarini ötkaziş töğrisida”gi 135-sonli buyruğiga muvofiq şu yilning 25-may kuni tumanimizning barça umumtaʼlim maktablarida "Xayr maktab, salom kollej!” tadbirlari kötarinki ruhda taşkil etildi. Bu yili tumandagi umumtaʼlim maktablarining 9-sinfini 3369 nafar öquvçi-yoşlar bitirmoqda. Ular davlat imtihonlari yakunlanganidan keyin tumanimiz va Qoraqalpoğiston Respublikasida joylaşgan kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda öqişni davom ettirişadi. Şu sababdan ham 9-sinf bitiruvçilari uçun bağişlangan tadbir "Xayr maktab, salom kollej!” deb nomlangan.
"Xayr maktab, salom kollej!” tadbirlari öquvçilar-ning qalbi va ongiga milliy istiqlol ğoyasini, xalqimizning yuksak maʼnaviyati va insonparvarlik anʼanalariga sadoqat tuyğusini çuqur singdiriş, ularda kelajakka işonç, keksalarga va ustozlarga hurmat-ehtirom, Vatanga muhabatkabi tuyğularni şakllantirişga hamda zamonaviy kasb-hunarga ega böliş iştiyoqini jonlantirişga yönaltirilgan.
Tadbirlarda mahalla fuqarolar yiğinlari faollari, faxriy öqituvçilar, ota-onalar, maktabning sobiq bitiruvçilari va huquqni muhofaza qiliş idoralari vakillari iştirok etişib, öquvçilarga yurtimizda mustaqillik yillarida erişilgan yutuqlar, amalga oşirilgan keng kölamlibunyodkorlik işlari töğrisida aniq raqamlar va dalillar keltirilgan holda jonli muloqotlar taşkil etildi.
"Xayr maktab, salom kollej!” tadbirlarida öquv yili sarhisob qilinib, sport musobaqalari, musiqa tanlovlari, bilimlar bellaşuvi va umuman maktab hayotida faol iştirok etgan faol iqtidorli öquvçilar hamda fidoyi öqituvçilar taqdirlandilar. Ayniqsa 9-sinf öquvçilari orasida fanlar olimpidasining Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçida sovrinli örinlarni egallagan 27-maktabdan Ayjamal Örazboyeva, 56-maktabdan Bilol Töliboyev, 67-maktabdan Hulkaroy Xudoyorova, 16-maktabdan Umidjon Pirmanov, 18-maktabdan Dilşod Odilboyev, 5-maktabdan Ozoda Maqsadboyeva, 15-maktabdan Ruslan Yöldoşevlarni alohida atab ötiş mumkin. Uşbu öquvçilar özlari tanlagan fan yönalişlari böyiça Qoraqalpoğiston Respublikasi hududidagi istagan kasb-hunar kolleji yoki akademik litseylarga töğridan-töğri öqişga kiriş imkoniyatiga ega bölişdi.
Şuningdek, öz qobiliyati va iqtidori bilan bilimlar bellaşuvi, turli sport musobaqalarida yuqori örinlarni egallab, ustozlari va ota-onalar işonçini oqlagan öquvçilar alohida taqdirlandilar. Şuningdek, "Eng ibratli öquvçi”, "Eng faol öquvçi”, "Ijodkor öquvçi”, "Yoş ixtiroçi”, "Maktabimiz faxri”, "Sport ustasi”, "Kompyuter ustasi”, "Eng orasta qiz” kabi nominatsiyalar böyiça iqtidorli va namunali öquvçilar ham taqdirlanişdi.
Tumanimizdagi umumiy örta taʼlim muassasalarida bu yil ötkazilgan "Xayr maktab, salom kollej!” tadbirlari maktab öquvçilari, ayniqsa bitiruvçi yoşlar hayotidagi unutilmas voqealardan biri bölib qoladi.
Ramatulla Matqurbonov, tuman XTMFMTTEB mutaxassisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶