Eng namunali maslahatchi aniqlandi
Yaqinda 9-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabida «Fuqarolar yigʻinlarining eng namunali diniy maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchisi» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi oʻtkazildi.
3 ta shart asosida oʻtkazilgan ushbu koʻrik-tanlovda maslahatchilarning mahorati ish faoliyatlari boʻyicha slaydlar taqdimoti, ularning bilim saviyasi, dunyoqarashini baholash va ish faoliyatida duch keladigan masalalarga yondoshuvi, muammolarning yechimini topishga oid savollarga javoblari asosida baholandi.
Tanlov natijalariga koʻra, «Toryop» mahalla fuqarolar yigʻini maslahatchisi Dildora Xolboyeva birinchi, Qilichboy ovul fuqarolar yigʻini maslahatchisi Raʼno Jumaniyozova ikkinchi va Nazarxon ovul fuqarolar yigʻini maslahatchisi Guljahon Ibragimova uchinchi oʻringa munosib koʻrildi.
«Toryop» MFY maslahatchisi Dildora Xolboyevaga tanlovning Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichida ishtirok etish uchun yoʻllanma berildi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶