Faxriylarga mashina olish uchun sertifikat topshirildi
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 4
apreldagi "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini ragʻbatlantirish toʻgʻrisida”gi
farmoni hamda "Xotira va Qadrlash kuniga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish
chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 9-may – Xotira va Qadrlash kuni
munosabati bilan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va mehnat fronti
faxriylarining holidan xabar olinib, ularga moddiy va maʼnaviy koʻmak
berilmoqda.
13 aprel kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining oʻrinbosari Mahmud Sodiqov hamda tumanimiz hokimi Sultonboy Yoʻldoshevlar Ikkinchi jahon urushi faxriylarining uylarida boʻlib, ularga tuman hokimligining esdalik sovgʻalari hamda mamlakatimizda ishlab chiqarilgan yengil avtomashinalarni bir martalik navbatsiz sotib olish hamda ularga bepul texnik xizmat koʻrsatish uchun imtiyozli sertifikatlarni tantanali ravishda topshirdi.
Aytish kerakki, bugungi kunda Qoraqalpogʻiston Respublikasida 45 nafar, tumanimizda esa 8 nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi istiqomat qilmoqda. Qoraqalpogʻistonlik 1 ming 200 dan ziyod front orti mehnat faxriysi ham davlat va jamiyat eʼzozida. Nuroniylarning salomatligini mustahkamlash, turmush sharoitini yanada yaxshilash va har tomonlama qoʻllab-quvvatlash uchun barcha sharoit va imkoniyatlar yaratilmoqda.
Bayram oldidan tumanimizdagi barcha urush qatnashchilarining uylari kapital taʼmirlanib, ularning hovlilarida qoʻshimcha qulayliklar, jumladan, hammom va boshqa kundalik zarur sharoitlar xomiylar mablagʻlari hisobidan qurib beriladi.
Prezidentimizning yuqoridagi Farmonida belgilangan 2 million soʻm pul mukofotiga qoʻshimcha ravishda har bir urush qatnashchisi uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi tomonidan 400 ming va "Nuroniy” jamgʻarmasi hisobidan 100 ming soʻmdan pul mablagʻlari ajratildi. Yaqin kunlar ichida Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining uy-joylarini taʼmirlash va obodonlashtirish ishlari yakuniga yetkazilib, pul mukofotlari 1-mayga qadar oʻz egalariga topshiriladi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶