PREZIDENT FARMONI içki işlar organlari tizimida tub islohotlarning yangi bosqiçini boşlab beradi
2017-yil 10-aprel kuni Özbekiston Respublikasi Prezidentining "Içki işlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oşiriş, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini işonçli himoya qilişni taʼminlaşda ularning masʼuliyatini kuçaytiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Farmoni qabul qilindi.
* Farmon bilan içki işlar organlari faoliyati ustidan parlament va jamoatçilik nazoratining yangi tizimi örnatilmoqda.
* Içki işlar organlari quyi böğini faoliyatining samaradorligini oşiriş maqsadida Farmon bilan tuman (şahar) içki işlar boşqarmalari (bölimlari) boşliğining yoşlar masalalari böyiça örinbosari – huquqbuzarliklar profilaktikasi bölimi (bölinmasi) boşliği lavozimini joriy etiş közda tutilmoqda. Uning zimmasiga profilaktika inspektorlari işini, avvalambor, voyaga yetmaganlar hamda yoşlar örtasida huquqbuzarliklarning oldini oliş böyiça işini samarali taşkil etiş va muvofiqlaştiriş vazifasi yuklatiladi.
* Şu bilan birga, Farmonda tizimda qator taşkiliy özgartişlar qiliş nazarda tutilgan.
* Farmonda qayd etilgan asosiy vazifalarni bajariş böyiça zarur taşkiliy va huquqiy mexanizmlarni amalga oşiriş maqsadida Içki işlar organlari tizimini tubdan isloh qiliş kompleks çora-tadbirlar Dasturi tasdiqlandi.
* Farmon içki işlar organlari tizimida tub islohotlarning yangi bosqiçini boşlab beradi. Uning ijrosini taʼminlaş, qonun ustuvorligiga erişiş, huquqbuzarliklar profilaktikasini öz vaqtida amalga oşiriş, huquq-tartibot va jamoat xavfsizligini taʼminlaşga xizmat qiladi, pirovard natijada esa fuqarolar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini işonçli himoya qiliş borasida içki işlar organlari butun tizimi va har bir xodim faoliyati samaradorligi oşadi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶