“YoSh ChEGARAChILAR” HARBIY SPORT MUSOBAQASI
Yaqinda tuman "Vatanparvar” tashkilotining sport maydonchasida "Yosh chegarachilar” harbiy sport musobaqasining tuman bosqichi boʻlib oʻtdi.
"Kamolot” YoIH tuman Kengashi, tuman mudofaa boʻlimi, tuman Tibbiyot birlashmasi va Mangʻit chegara posti hamkorligida oʻtkazilgan ushbu tadbirda tumanimizdagi kasb-hunar kollejlarining 6 ta jamoasi ishtirok etdi.
Jamoalar safda yurish, safda qoʻshiq aytib yurish, jamoalarning kiyimlari, ijtimoiy-siyosiy tayyorgarlik, merganlik, AKM avtomatini qismlarga ajratish va yigʻish, fuqarolarga tezkor yordam koʻrsatish, oʻgʻil bolalar 1 km., qiz bolalar 100 m. masofaga yugurish, granata uloqtirish, turnikda tortilish, toʻsiqlar yoʻlagidan oʻtish va harbiy estafeta kabi shartlar boʻyicha bellashdilar.
Ushbu bellashuvlarda barcha shartlar boʻyicha oʻzlarining kuch va iqtidorlarini namoyish etgan Amudaryo qishloq xoʻjalik kasb-hunar kollejining "Yosh chegarachilar” jamoasi gʻolib deb topilib, ushbu musobaqaning Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.
Tadbir ishtirokchilariga homiylar tomonidan tayyorlangan sovgʻalar topshirildi.
G.NURJANOVA, "Kamolot” YoIH tuman Kengashi bosh mutaxassisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶