ASL MILLIY BAYRAM TADORIGI
Navröz! Asrlar oşa bizgaça yetib kelgan, özida asl milliy qadriyatlarimizni, urf-odatlarimizni ifoda etuvçi möʼtabar bayram! U mustaqillik yillarida ayniqsa qadr topmoqda, yildan-yilga öziga xos maʼno va mazmun bilan boyimoqda.
Qadim ajdodlarimiz Navrözni tengkunlik, yaşariş bayrami, tabiatning uyğonişi bilan boğliq yangi kunning boşlanişi, deya hisoblaşgan.
Navröz bilan boğliq bir qança udumlarimiz borki, ularning jozibasi yillar ötgani sayin tobora yaqqol namoyon bölmoqda. Qöni-qöşnilar jamul-jam bölib, sumalak qaynatiş, qozon-öçoq boşida xalq oğzaki ijodi namunalaridan ijro etiş urf bölgan.
Qadim anʼanalarimizga sodiq qolgan bugungi avlod vakillari ham bebaho maʼnaviy merosimiz – umrboqiy qöşiq-kuylarni yuksak qadrlab kelmoqda.
"2017 yilgi Navröz umumxalq bayramiga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Prezidentining Qaroriga muvofiq butun mamlakatimizda bölgani kabi tumanimizda ham yaqinlaşib kelayotgan Navröz ayyomini munosib nişonlaş uçun qizğin tayyorgarlik körilmoqda.
Renat Safarboyev badiiy rahbarlik qilayotgan "Ofarin” folklor-etnografik jamoasi ham mazkur bayram sayillarida namoyiş qiliş uçun maxsus kompozitsiya tayyorlamoqda. Kompozitsiya "Navröz sayli” deb nomlanadi va unda jamoa eng avvalo haşar bilan çor-atrofni obodonlaştiriş, keyin buğdoy undirib sumalak pişiriş, arqon tortiş, yigit-qizlarning lapar aytişuvi, şuningdek, gul bazmi, çögirma öyini kabi xalq qöşiq, raqslarini ijro etadi. Bunda jamoa aʼzolarining 2005-yildan beri mamlakatimiz miqyosida folklor jamoalari orasida ötkazib kelinayotgan turli madaniy-maʼrifiy körik-tanlovlarda qatnaşib, ğolib bölib, qolaversa, köpgina folklor jamoalar ijodini kuzatib kelayotgani juda qöl kelmoqda. Qolaversa, "Ofarin” folklor-etnografik jamoasi musiqa rahbari Sarvar Xudoyberganov, baletmeyster Xayrulla Habibullayev va barça aʼzolarining hududimizga xos milliy öyinlar, marosim qöşiqlarini va boşqada xalq oğzaki ijodi namunalarini izlab topib, örganib, öziga xos tarzda xalqimiz eʼtiboriga havola etişga harakat qilmoqda.
Bu saʼy-harakatlari natijasida ularning Navröz bayrami uçun maxsus tayyorlayotgan "Navröz sayli” deb nomlangan kompozitsiyasi yurtdoşlarimizga manzur böladi, degan umiddamiz.
Oygul RAJABOVA.
(Foto: ÖzA)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶