Nuroniylar – eʼzozda
Oʻzbekiston faxriylarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash "Nuroniy” jamgʻarmasining tuman boʻlimi tashabbusi bilan tumanimizda yashovchi, yurtimizning ijtimoiy-iqtisodiy, maʼnaviy-maʼrifiy jihatdan rivojlanishiga ulkan hissa qoʻshgan va bugun qarilik gashtini surayotgan bir guruh nuroniylar haqidagi maʼlumotni oʻz ichiga jamlagan fotoalbom tayyorlanib, nashr qilingan edi. 30-dekabr kuni ushbu fotoalbomlarni oʻz egalariga topshirish boʻyicha tantanali yigʻilish boʻlib oʻtdi. Yigʻilishda tumanimiz hokimi Sultonboy Yoʻldashev ishtirok etib, nuroniylarning davlat va jamiyat hayotidagi ulkan mehnatlarini yana bir marta eʼtirof etdi. Ularga sogʻlik-omonlik, yangi yilda oilalariga tinchlik va farovonlik tiladi.
Nuroniylarga homiylar tomonidan bayram sovgʻalari topshirildi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶