22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 12:41
Jamiyat 👁 4,328

INSON HUQUQLARI – OLIY QADRIYaT

INSON HUQUQLARI – OLIY QADRIYaT

Mustaqillik – Oʻzbekiston xalqiga buyuk bunyodkorliklar sari yoʻl ochdi. Mustaqillikning oʻtgan yigirma besh yili mamlakatimiz  xalqlari uchun chinakam yaratish, yangilanish, ijobiy oʻzgarishlar ruhida kechdi. Yigirma besh yil davomida mustaqil Vatanimiz, murakkab  sinovlardan muvaffaqiyatli oʻtdi, milliy davlatchiligimiz barpo etilib, buyuk kelajak uchun mustahkam tamal toshlari qoʻyildi. Mustabidlik davrida toptalgan milliy anʼana va qadriyatlarimiz qayta tiklandi. Erishilgan yutuqlar, olib borilayotgan izchil islohotlar taraqqiyotning oʻziga xos Oʻzbek modeli nomi bilan dunyo hamjamiyati tomonidan chuqur eʼtirof  etilmoqda.

Bu – mamlakatimizda inson huquq va erkinliklari, manfaatlari himoyasi ustuvor ahamiyat kasb etganidan dalolatdir. Chunki  oʻz mustaqilligini eʼlon qilgan kundanoq Oʻzbekiston parlamentining birinchi xalqaro shartnoma sifatida ratifikatsiya qilgan eng muhim hujjati – Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi boʻldi. Ushbu xalqaro  qonun hujjatida qayd etilgan barcha majburiyatlar mamlakatimizda toʻla ado etilayotgani milliy va taraqqiyparvar tadbirlar orqali oʻz ifodasini topmoqda.

Inson haqida, uning manfaatlari va ehtiyojlari haqida gʻamxoʻrlik qilgan jamiyat gullab-yashnaydi, kelajakka dadil boqadi, xalqaro maydonda obroʻ-eʼtibori oshadi. Demokratik printsiplarni jamiyat hayotiga singdirish, inson qadr-qimmatini va shaʼnini ulugʻlashdek ezgu tamoyillarni oʻzida mujassam etgan Bosh Qomusimizning qabul qilinishi, inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi bilan hamohang tarzda xalqimiz hayotiga tatbiq etilishi mamlakatimizda inson va fuqaro  huquqlari hamda erkinliklarini himoya  qilishning yuridik kafolati boʻlib qoldi. Shuni mamnuniyat bilan taʼkidlash joizki, inson huquqlari va erkinliklariga oid xalqaro  printsiplar va normalarga sodiq boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi oʻz Konstitutsiyasining uchdan bir qismidan ziyodini inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish masalalariga bagʻishlab, ularning ustuvorligini konstitutsiyaviy tarzda mustahkamlab qoʻydi. Konstituttsiyamizdagi ana shu printsipning ustuvorligi bois, 130 dan ziyod etnik guruhdan tashkil topgan xalqimiz barcha masalalarda teng huquqlarga ega.

Mustaqillik yillarida mamlakatimizda inson huquqlarining taʼsirchan  mexanizmi yaratildi va doimiy rivojlanib bormoqda.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi  tomonidan 7 ta Konstitutsiyaviy Qonunlar, 16 ta Kodeks va inson huquqlariga oid 600 dan ziyod qonunlar qabul qilindi.

Oʻzbekiston inson huquqlari sohasidagi 80 dan ortiq xalqaro shartnomalarga qoʻshilgan va bu shartnomalarni  amalga oshirish tufayli xalqimiz hayoti  tubdan oʻzgarib  borayotgani, kun sayin chiroy ochayotgan shahar va qishloqlar, obod va nurafshon xonadonlar jamolida, baxtiyor va barkamol avlod hayotida oʻz aksini topmoqda.

Endilikda mamlakatimizda inson huquqlariga rioya  etish, ularning amalga oshirilishini taʼminlash, himoya qilish masalalari bilan shugʻullanuvchi bir qancha tashkilotlar faoliyat yuritmoqda. Xususan, 1995-yilda Oʻzbekiston Parlamentining inson huquqlari boʻyicha  vakili oʻz ishini boshladi. 1996 yilda Oliy Majlis huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari  monitoringi instituti, shu yili Inson huquqlari boʻyicha Respublika Milliy Markazi, 1997-yilda "Ijtimoiy fikr” markazi tashkil etildi.

Inson huquqlarini himoya  qilish boʻyicha ish olib boruvchi bu tuzilmalar Oʻzbekiston Respublikasining inson huquqlari sohasida xalqaro tashkilotlarda ishtirok etishi bilan bogʻliq talablarni amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Muhataram Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov mamlakatimizda inson huquqlarini himoya qilish masalasini  oʻzining oʻta muhim rahbarlik burchi deb bildi va inson huquqlarini taʼminlashning 5 ta asosiy printsipini belgilab berdi:

- inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishning samarali mexanizmini yaratish:

- inson huquqlariga oid qonunchilikni xalqaro huquq normalari asosida takomillashtirish:

- qonunlarga ogʻishmay amal qilish mexanizmini ishlab chiqish va ijtimoiy hayotning hamma jabhalarida qonun ustuvorligini taʼminlash:

- sud islohotlarini amalga oshirish yoʻli bilan butun sud tizimini demokratlashtirish:

- aholi, ayniqsa, yoshlar va mansabdor shaxslar, huquq-tartibot idoralari xodimlari oʻrtasida huquqiy tarbiya ishlarini tubdan yaxshilash, ularning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish.

Ana shu beshta printsip mamlakatimizda inson huquqlarini himoya qilish borasida dasturilamal vazifasini oʻtamoqda va har bir Oʻzbekiston fuqarosi Bosh Qomusimiz orqali kafolatlangan huquqlaridan yuz foiz bahramand yashash baxtiga  musharraf. Mamlakatimizda islom dini bilan bir qatorda 16 ta konfessiyaga oid din vakillari tinch-totuv  oʻz imon-eʼtiqodlarini namoyon etish huquqlariga ega. Shuning uchun ham mamlakatimiz fuqarolarining taʼlim olish, baxtli  yashash, oila qurish, yaxshi sharoitlarda mehnat qilish, tibbiy xizmatdan foydalanish, chet davlatlarga sayohatga chiqish, moddiy va maʼnaviy meroslardan bahramand boʻlish, xususiy mulkka egalik qilish,... kabi barcha huquqlari daxlsiz.

Xulosa qilib aytganda, mamlakatimizda inson huquqlarini, himoya qilish, unga gʻamxoʻrlik koʻrsatish – eng oliy qadriyat sanaladi. Chunki inson – tom maʼnoda xalqni yaratuvchidir. Xalq esa mamlakatning egasi. Mmlakatning  egasi baxtli boʻlsa, taraqqiy etaveradi va kuchli davlatga aylanadi.

Robiya YOʻLDOShEVA,

"Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi maxsus muxbiri.

(Foto - OʻzA)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026