ÖZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI SAYLOVI OLDIDAN
Savol: – Özbekiston Respublikasining fuqarolari neça yoşdan boşlab Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida qatnaşiş huquqiga ega böladilar?
Javob: – Özbekiston Respublikasining "Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi töğrisida”gi Qonuniga asosan Özbekiston Respublikasining 18 yoşga tölgan fuqarolari Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida qatnaşiş huquqiga ega.
Savol: – Özbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod körsatiş tartibi qanday?
Javob: – Özbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar körsatiş saylovga oltmiş beş kun qolganida boşlanadi va qirq beş kun qolganida tugaydi.
Özbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar körsatiş siyosiy partiyalarning yuqori organlari tomonidan amalga oşiriladi.
Siyosiy partiyaning yuqori organi Özbekiston Respublikasi Prezidentligiga bittadan nomzod körsatişi mumkin.
Siyosiy partiya Özbekiston Respublikasi Prezidentligiga faqat öz partiyasi aʼzolari orasidan yoki partiyasizni nomzod etib körsatişga vakolatlidir. Özbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod körsatiş töğrisida bayonnoma tuziladi.
Siyosiy partiyaning rahbari Özbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodni röyxatga olişni iltimos qilib, Markaziy saylov komissiyasiga ariza bilan murojaat etadi.
Savollarga Qoraqalpoğiston Respublikasi Adliya vazirligi jamoat, nodavlat notijorat va diniy taşkilotlar bölimi boş maslahatçisi T.Kalillayev javob berdi.
(Foto - http://uza.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶