SOGʻLOM TURMUSh TARZI – BAXTLI YaShASh OMILI
Bizning "Xorazm” qishloq vrachlik punktimiz hududimizdagi 5127 nafar aholiga xizmat qiladi. Shuning 114 nafari 1 yoshgacha boʻlgan bolalar, 1436 nafari 1 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan bolalardir.
Keltirilgan raqamlarning oʻziyoq zimmamizdagi vazifaning nechogʻlik muhim va masʼuliyatli ekanligini anglatadi. Chunki aholining sogʻlom turmush tarziga amal qilib, turli kasalliklardan himoyalanib, tinch-osoyishta turmush kechirishi juda muhim. Oʻzaro mehr-oqibat, hurmat, ozodalik, tibbiy madaniyat hukm surgan oila farzandlari sogʻlom, tetik, intiluvchan, odobli boʻlib voyaga yetadilar.
Qishloq vrachlik punktimiz xodimlari aholi orasida bu borada tinimsiz targʻibot-tashviqot ishlarini olib borishayapti. Aholining har yili muntazam chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazilayotganligi salomatlik darajasi oshishiga zamin yaratmoqda. Chunki koʻrik davrida fuqarolarda aniqlangan kasalliklarni davolash uchun barcha imkoniyatlarimiz bor. Qolaversa, chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrik fuqarolarda ayrim kasalliklarning yashirin davrini ham aniqlash va barvaqt davolanishni boshlash imkonini beradi.
Muassasamizda zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan taʼminlangan laboratoriya ishlab turibdi va qon, siydik, qon zardobi tahlillarini tezkor aniqlashga xizmat qiladi. Sogʻligida muammolar tugʻilgan fuqarolarimizga tibbiy xizmat koʻrsatuvchi 6-oʻrinli kunduzgi statsionarimiz mavjud. Salomatlik-3 loyihasi boʻyicha jihozlangan avtoklav, fizioterapiya xonalari bemorlarni davolash samarali boʻlishini taʼminlayapti. Fizioterapiya xonasidagi darsonval, tobs, elektrofarez, solyuks kabi zamonaviy davolash asbob-uskunalarning olis qishloq tibbiyot muassasasida mavjudligi davlatimizning aholi sogʻligiga ulkan eʼtibor qaratayotganini koʻrsatib turibdi.
Aholimiz shifokor Xosiyat Xudoyberganova, katta hamshira Shirin Haytimbetova, hamshiralar Gulshod Bobojonova, Pardagul Sapayeva, Oʻringul Saylixonovalarning xizmatidan juda mamnun. Muassasamiz tibbiyot xodimlari hududimizdagi 7 nafar yakka-yolgʻiz yashovchilarning, 8 nafar mehnat faxriylarining va ulugʻ yoshdagi otaxon, onaxonlarimizning holidan tez-tez xabar olishib, sogʻligini nazorat qilib turishadi, sogʻligini asrashga oid maslahatlar berishadi. Tibbiy xodimlarga hududimiz boʻlib berilgan boʻlib, har biri oʻziga biriktirilgan xonadonlarda tez-tez boʻlib, hovli-joyi ozodaligini nazorat qilishadi, sogʻlom turmush tarzining afzalligini tushuntirishadi.
Biz uchun eng muhimi – xalqimizning sogʻlom va baxtiyor yashashidir.
Gavhar QOʻChQAROVA,
"Xorazm” QVP mudirasi.
(Foto - https://kun.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶