25-oktyabr – ichki ishlar idoralari xodimlari kuni
OMONATNI KOʻZ QORAChIGʻIDEK ASRASh –
MUQADDAS BURChIMIZ
Tuman Ichki ishlar boʻlimi huzuridagi qoʻriqlash boʻlimi xodimlari zimmasiga xalq xoʻjalik obʼektlari, shuningdek, fuqarolar xonadonlarini kafolatli qoʻriqlashdek masʼuliyatli vazifa yuklatilgan.
Bu ishonchni oqlash borasida xodimlarimiz faol ish olib borishmoqda. Shuni alohida taʼkidlash lozimki, boʻlimimizda sidqidildan xizmat qiladigan va oʻz vazifasiga masʼuliyat bilan yodoshadigan xodimlar koʻpchilikni tashkil etadi. Ular aholi oʻrtasida xavfsizlikni taʼminlash, qoʻriqlash uchun olingan obʼektlar hamda fuqarolar xonadonlarini ishonchli muhofaza qilish yoʻlida bor mahoratlarini ishga solishmoqda.
Ular tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarga toʻxtaladigan boʻlsak, shu kunga qadar 61 ta obʼekt qoʻriqlash uchun olingan boʻlib, shundan 52 tasi texnik qoʻriqlash pulti nazoratida qoʻriqlanmoqda. Keyingi paytda xonadonlarini qoʻriqlash xizmatiga topshirayotgan fuqarolar soni yanada oshmoqda. Bu aholining qoʻriqlash boʻlinmasi xodimlariga boʻlgan ishonchining ortib borayotganini tasdiqlaydi.
Qoʻriqlash uchun olingan maskanlarning ishonchli qoʻriqlanishini taʼminlash hamda yuz berishi mumkin boʻlgan har qanday favqulodda holatlarning oldini olish, xizmat naryadlarining tezkorligini oshirish maqsadida davlatimiz tomonidan berilgan zamonaviy radioaloqa vositalaridan foydalanmoqdamiz.
Qoʻriqlash boʻlimi shaxsiy tarkibining kasbiy va jangovar tayyorgarligini oshirishga alohida eʼtibor qaratilib, belgilangan reja asosida oʻquv-amaliy mashgʻulotlar oʻtkazilib borilmoqda.
Shuning bilan birga, shaxsiy tarkibning xizmat intizomiga, qonuniylikka ogʻishmay rioya etishi nazorat qilinib, ularning faoliyati meʼyoriy buyruqlar talablari asosida tashkillashtirilib borilmoqda. Ayniqsa, har hafta oʻtkazilayotgan maʼnaviyat va siyosiy oʻqish darslari tufayli xodimlarning bilim saviyasi va siyosiy ongi yuksalib borayotgani xizmatda ijobiy natijalarga erishilishiga sabab boʻlmoqda. Shularning natijasida bank filiallari, kollej, maktab, litseylar hamda bolalar bogʻchalari, savdo va xizmat koʻrsatish shoxobchalari hamda fuqarolar xonadonlarini qoʻriqlash uchun olish boʻyicha murojaatlar koʻpaymoqda.
Bir soʻz bilan aytganda, shaharda jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, sodir etilgan jinoyatlarni tezkor fosh etish, fuqarolar xavfsizligi, mol-mulki daxlsizligini taʼminlash yoʻlida qoʻriqlash boʻlimining fidoyi, jonkuyar xodimlari bor kuch va mahoratlarini ishga soladilar. Fursatdan foydalanib, barcha hamkasblarimni 25-oktyabr - ichki ishlar idoralari xodimlari kuni bilan tabriklayman.
J.KAZAKOV,
tuman IIB huzuridagi qoʻriqlash boʻlimi otryad komandiri oʻrinbosari, leytenant.
(Foto - http://xushnudbek.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶