TUMAN HAFTA IÇIDA
9 avgust
Amudaryo qişloq xöjalik kasb-hunar kollejida "Fuqarolar yiğinlari faoliyatining asosiy yönalişlari böyiça komissiyalari işini samarali taşkil etiş va amalga oşiriş tartib-tamoyillari” mavzusida öquv-seminari ötkazildi.
Seminarda jamoatçilik asosida iş yurituvçi komissiyalar işini samarali taşkil qiliş yuzasidan mutaxassislar maʼruza qildilar.
Seminarda iştirokçilar özlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldi.
11 avgust
9-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabida mamlakatimiz mustaqilligining 25 yilligiga bağişlangan tarğibot tadbiri ötkazildi.
"Keça kim edigu bugun kim böldik, ertaga qanday yangi marralarni egallaşimiz kerak” mavzusida ötkazilgan tadbirda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq Davlat universiteti professor-öqituvçilari öz maʼruzalari bilan iştirok etdilar.
Tadbirda tumanimizdagi ovul va mahallalardan taklif qilingan mahalla faollari, ziyolilar, öqituvçilar iştirok etdi.
11 avgust
Örta qalʼa ovulidagi "Arna böyi” mahallasida mamlakatimiz mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan 1982-2000-yillar oraliğida tuğilgan ösmirlar va yoşlar örtasida futbol böyiça mahalla birinçiligi musobaqalariga start berildi.
Yoşlarning böş vaqtlarini mazmunli taşkil qiliş va ularni sportga oşno qiliş maqsadida taşkil qilingan musobaqalarda mahalla yoşlaridan iborat 17 ta jamoa iştirok etmoqda.
Ğoliblar istiqlol bayrami arafasida aniqlanadi va MFY tomonidan rağbatlantiriladi.
12 avgust
Amir Temur nomli ovulning "Mehnatkaş” aholi punktida yaşaydigan, turmuş örtoği Ollaboy Gijirov vafot etgaç, farzandlarining taşvişi yolğiz öziga qolgan Omongul Saidovaning 2009-yilda tuğilgan öğli Yodgorning sunnat töyini ötkaziş orzusi amalga oşdi. OFY rahbariyati, ovuldagi fermerlar töy xarajatlarini öz zimmalariga olişib, yolğiz onaga kömakdoş bölişdi. "Yusupov Ibodulla” fermer xöjaligi işçisi Omongul Saidova ovuldoşlarining istiqlol bayrami arafasidagi bu sahovatidan çuqur minnatdor böldi.
14 avgust
Qipçoq ovuli, "Daryo böyi” mahallasida "Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman bölinmasi taşabbusi bilan "Mahallam qiyofasi 25-yil içida” şiori ostida bayram tadbiri ötkazildi.
Tadbirda yiğilganlarga mustaqillik yillarida tumanimizdagi ovul va mahallalarda yuz bergan özgarişlar, quriliş va bunyodkorlik işlari, xalqimiz turmuş tarzida röy bergan yuksalişlar muhrlangan fotosuratlar namoyiş qilindi.
Ona Vatanimizni, istiqlol va ozodlikni madh etuvçi kuy-qöşiqlar dillarga xuşnudlik baxş etdi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶