QIZILChOLIDA BAYRAM
Mustaqilligimizning 25 yilligi munosabati bilan "Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman boʻlinmasi tasdiqlagan rejaga asosan yaqinda "Qizilcholi” mahallasida "Goʻzal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, Oʻzbekistonim!” degan gʻoyani oʻzida ifoda etuvchi bayram tadbiri boʻlib oʻtdi. Tadbir mustaqilligimizning 25 yilligiga bayram tabriklari bilan boshlandi. Mahalla imomi Jumamurod aka Abdullayev, Hojiboy aka Oʻtagenovlar barchani bayram bilan qutlab, hozirgi hayotimizga shukronalar aytdi.
9-sonli maktabning Karimboy Otajonov rahbarligidagi badiiy havaskorlari ijro etgan ona Vatanimizni, mustaqilligimizni va baxtiyor zamonamizni madh etuvchi kuy-qoʻshiqlar tadbir qatnashchilarini xushnud etdi.
Bizning xalqimiz borini el bilan birga baham koʻradigan saxiy va ochiqkoʻngil xalq. Buning isbotini hayotimizning har bir lahzasida koʻrishimiz mumkin.
Mazkur tadbirda ham mahallamizning tadbirkorlari tomonidan ehtiyojmand oilalarga bayram sovgʻalari ulashildi.
2016-yilning "Sogʻlom ona va bola” yili deya nomlanishi munosabati bilan barpo qilinayotgan mahalladagi sport maydonchasining ochilish marosimi sport musobaqalarining boshlanishiga asos boʻldi. Bolalar sport maydonchasi olomon bilan gavjum. Bir tomonda mini futbol musobaqasi oʻtayotgan boʻlsa, jajji bolakaylar belanchak uchayotganiga xursand va shodon. Turnikda tortinish musobaqasi esa yanayam hayajonli boʻldi.
Tadbir oxirida musobaqalar gʻoliblari "Qizilcholi” MFY tomonidan sovgʻa-salomlar bilan taqdirlandilar. Tadbirda "Mahalla” xayriya fondi tuman boʻlinmasi masʼul xodimi Otabek Ibragimov qatnashib, mahalla ahlini mustaqilligimizning 25 yilligi bilan tabrikladi. Tadbir to kun botguncha davom etdi. Fursatdan foydalanib, mahallamizning fidoyi insonlariga, bolalar sport maydonchasi qurilishida faol ishtirok etganligi uchun chuqur minnatdorchilik bildiraman. Ayniqsa Botir Nasrullayev, Azim Otajonov, 9-sonli maktab direktori Xayrulla Oʻtaganov, oʻqituvchilarimizdan Maxsud aka Bozorboyev, Sharif aka Yusupov, Murod Abdullayev, Anvar Ibodullayev kabi insonlarning jonkuyarligi tahsinga sazovor.
Sobir QULIMBETOV,
"Qizilcholi” MFY raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶