VATAN RAVNAQI YoShLAR QOʻLIDA
Vatan - insonning kindik qoni toʻkilgan tuproq, kamolga yetkazadigan tabarruk maskan. U ajdodolardan avlodlarga qoladigan buyuk meros, eng aziz xotira. Vatan - insonning gʻururi ramzi.
Yurtboshimiz Islom Karimov Vatan ravnaqi yoʻlida kuyib-yonib, fidoyi boʻlib yashash uning bagʻrida oʻsib-ulgʻaygan har bir farzandning muqaddas burchi ekanini taʼkidlaydi. Vatan ravnaqi uning farzandlariga bogʻliq boʻlgani bois mamlakatimizda bizdek yoshlarning sogʻlom va barkamol boʻlib voyaga etishishimizga katta ahamiyat berilmoqda. Mustaqillik yillarida yaratilgan imkoniyatlar tufayli biz tengi minglab isteʼdodli yoshlar oʻqishda, ilm - fan, sanʼat va sport sohalarida katta yutuqlarga erishmoqdalar. Bularning barchasi ona Vatanimiz - Oʻzbekistonimizning rivojlanishiga, uning jahondagi obroʻ-eʼtibori oshishiga hissa qoʻshadi. Shu sababdan ham bizning har birimiz, bu vatan, bu yurt - meniki, uning tarqqiyoti menga bogʻliq, shu yoʻlda bor kuch va imkoniyatimni baxsh etishga tayyor boʻlmogʻim kerak, degan qarash bilan yashashimiz, yon-atrofimizdagi doʻstlarimizni ham bunga daʼvat etishimiz lozimdir. Mana shunday tilak va niyatni yoshlar oʻz oldiga maqsad qilib qoʻygan boʻlsa, Vatanimiz yanada rivoj topadi. Shunday yoshlar bor ekan, Vatanimiz rivojlanishdan, taraqqiyotdan chetda qolmaydi va Prezidentimiz orzu qilganidek, eng rivojlangan davlatlar qatoriga koʻtariladi.
Ozodlik va erkinlikka chiqqan xalq qanchalik tez rivojlanishini dunyodagi koʻplab mamlakatlar misollarida koʻrish mumkin. Bizning Vatanimiz Oʻzbekiston istiqlol yillarida katta imkoniyatlarga ega boʻldi. Bugungi kunda yurtimizda barpo etilgan koʻplab zamonaviy litsey va kollejlar, umumtaʼlim maktablari, sanʼat va sport maskanlarida har tomonlama chuqur taʼlim va tarbiya berilayotgani, sogʻlom va barkamol avlod tarbiyasiga katta eʼtibor qaratilayotgani kelajakda yurtimiz taraqqiyotini taʼminlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bularningbarcha - barchasi Vatanimiz ravnaqiyoʻlida amalga oshirilganishlardir.
Biz mana shundayjannatmakon Oʻzbekistonda yasharekanmiz, unga munosib farzandboʻlmogʻimiz lozim. Bu bizning farzandlik burchimiz. Bizning burchimiz – vatanimiz yaratib berayotgan imkoniyatlaridan oqilona foydalana bilishdir.
Ozoda TOʻLIBOEVA, 71-sonli maktab oʻquvchisi.
(Foto - http://arxitektura.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶