TADBIRLAR ÖQUVÇILAR SAVIYaSINI OŞIRIŞGA XIZMAT QILMOQDA
Mamlakatimizning har bir öquv muassasasida öquvçi-yoşlarning maʼnaviyati va madaniyatini yuksaltiriş borasida turli xil mavzularda seminar-treninglar, davra suhbatlari va keçalar ötkazilib, kelinmoqda. Bizning Amudaryo akademik litseyimizda ham bunday tadbirlar ötkazilib turadi. Masalan, yanvar, fevral, mart, aprel oylarida "Toza qöllar – soğlik garovi”, "Öquvçi-qizlar örtasida mobil telefondan foydalaniş madaniyati”, "Zararli odatlar”, "Sport – salomatlik garovi”, "Öğil va qiz bolalar örtasida muomala madaniyati”, "Maʼnaviyatimizni asrab qolaylik” kabi mavzularda keçalar, seminarlar ötkazildi. Unda yoşlar faollik bilan qatnaşib, özlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar va bu borada öz fikr va mulohazalarini bildirdilar.
Şu kabi tadbirlardan yana biri yaqinda "Ösmirlik davridagi özgarişlar va qanday holatlarda şifokorlarga murojaat qiliş kerak?” degan mavzuda ötkazildi. Unda tuman Tibbiyot birlaşmasi akuşer-ginekolog şifokori Barno opa Yangiboyeva, hudud terapevt şifokori Tozagul opa Saparovalar qatnaşib, bu borada yoşlarga tuşunçalar va öquvçilarni qiziqtirgan savollarga javob berişdi. Mavzu doirasida qizğin bahs-munozaralar bölib ötdi. Bunda Farida Eşçonova, Oliyaxon Ahmedova, Hilola Saparboyeva, Dilbaroy Yusupova, Sevara Ibrohimovalar özlarini qiziqtirgan savollar bilan iştirok etdilar.
Tadbir söngida öqituvçilarning mavzu borasidagi fikrlari tinglandi.
Şerzod MADRIMOV, Amudaryo akademik litseyi öqituvçisi.
Dinora KARIMBOYeVA, şu litsey öquvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶