MAQSAD – YOʻL HARAKATI XAVFSIZLIGINI TAʼMINLASh
Mamlakatimizda yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash, har xil noxush hodisalarning oldini olish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi Qarori bilan tasdiqlangan "Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga asosan har yili mavjud transport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish ishlari amalga oshiriladi.
Shu Nizomga asosan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2016-yil 4-yanvardagi majlis bayoni qarorining ijrosini taʼminlash maqsadida hamda "Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasiga asosan 2016-yilning 29-fevral kuni tuman hokimining "Amudaryo tumanidagi barcha xoʻjalik yurituvchi tashkilotlarga va fuqarolarga tegishli boʻlgan avtomototransport vositalarini va tirkamalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish haqida”gi 94-sonli qarori qabul qilindi.
Tuman hokimining ushbu qarorida "Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomning 1-boʻlimi 5-bandidagi "a” qismiga asosan transport vositalarining texnik koʻrigi: birinchi marta 2016-yil 1-martdan 30-iyungacha, ikkinchi marta 2016-yilning 1-sentyabridan 31-oktyabrigacha, yuridik shaxslarga qarashli boʻlgan transport vositalarining texnik koʻrigi 2016-yilning 1-martidan 30-iyunigacha; jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan transport vositalarining texnik koʻrigi 2016-yilning 1-yanvaridan 30-avgustigacha oʻtkazilishi belgilandi.
Tuman hokimining mazkur qaroriga asosan jismoniy shaxslar hamda barcha korxona va tashkilotlarga tegishli boʻlgan transport vositalari texnik jihatdan sozlanib, yaroqli holatga keltirilgach, belgilangan muddatda texnik koʻrikdan oʻtkazishga olib kelinayapti.
Tumandagi barcha xoʻjalik yurituvchi tashkilotlarga va fuqarolarga tegishli boʻlgan avtomototransport vositalarini va tirkamalarni texnik koʻrikdan oʻtkazishda "AGAT AVTOQURILISH SERVIS” MJChning yordami katta boʻlayapti.
Tumanimizda avtotransport vositalari va tirkamalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish paytida diagnostika markazining maʼlumotnomasi, agar gaz uskunasi oʻrnatilgan boʻlsa, uning sozligini tasdiqlovchi maʼlumotnoma hamda eng kam ish haqining oʻndan bir barobari miqdorida pul toʻlanganligi haqidagi hujjat talab etiladi.
Barcha turdagi avtomototransport vositalarini va tirkamalarini texnik koʻrikdan oʻtkazib, ularning sozligini taʼminlasak, yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlashga hissa qoʻshgan boʻlamiz.
M.DARIBAYeV,
tuman ichki ishlar boʻlimining yoʻl harakati xavfsizligi boʻlinmasi boshligʻi, mayor.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶