14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 22:11
Jamiyat 👁 3,162

HAShAR UYuShQOQLIK BILAN OʻTKAZILDI

HAShAR UYuShQOQLIK BILAN OʻTKAZILDI

Navroʻz umumxalq bayramini munosib nishonlashga tayyorgarlik koʻrish, xalqimiz orasida milliy qadriyatlarmizga xos boʻlgan oʻzaro mehr-oqibat va hamjihatlikni yanada kuchaytirish, begʻaraz yordam, mehr-muruvvat kabi ezgu fazilatlarni yuksaltirish, mahallalar va aholi turar joylarini obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish, tumanimizning barcha hududlarida sanitariya holatini yaxshilash hamda "Sogʻlom ona va bola yili” Davlat dasturida koʻzda tutilgan vazifalar ijrosini  taʼminlash maqsadida 12-13-mart kunlari mamlakatimiz boʻylab umumxalq xayriya hashari oʻtkazildi.

Hashar munosabati bilan mahallalar, aholi punktlari, koʻp qavatli binolar va hovlilar atrofi, xiyobonlar, ziyoratgohlar va qabristonlar, ariqlar, koʻcha va yoʻlaklar hamda bolalar maydonchalari tartibga keltirildi. Barcha turar joylarda daraxtlarni oqlash va butash ishlari amalga oshirildi.

Umumxalq hasharida tumanimiz boʻyicha 172082 nafar aholi, shundan 107184 nafar yoshlar ishtirok etdilar. Hashar kunlari 192 gayer obodonlashtirildi, 332 tonnadan ortiq maishiy va qurilish chiqindilari chiqarib tashlandi, 140 kilometrdan ortiq ariq va lotoklar tozalandi, 45 ta qabristonlar va 1 ta ziyoratgoh obodonlashtirildi, 49276 tupdan ortiq manzarali, 30 ming tupdan ortiq mevali, 31 ming donadan ortiq gul koʻchatlari ekildi. 105 mingdan ortiq daraxtlarga shakl berilib, oqlandi.

"Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman boʻlinmasi boshqaruvining qarori bilan "Mustaqilligimizning 25 yilligiga 25 tup koʻchat va qalamchalar – mening tuhfam” shiori ostida aktsiya oʻtkazilib, unda tumanimizning 47 ta ovul va mahallalarida yashovchi yurtdoshlarimiz faol qatnashmoqda.

Oldindin ishlab chiqilgan reja asosida har bir fuqarolar yigʻinlaridagi taʼlim muassasalarida taʼlim-tarbiya olayotgan 8000 nafardan ortiq kasb-hunar kollejlari va 14000 nafardan ortiq maktablarning 5-9-sinflari oʻquvchi-yoshlarining har biri 25 tupdan tol, terak, jiyda kabi daraxt qalamchalarini tayyorlab, belgilangan hududlarga ushbu qalamchalarni ekish orqali mustaqilligimizning 25 yillik bayramini munosib kutib olishga oʻz ulushlarini qoʻshmoqda.

Shuningdek, fuqarolar yigʻinlari hamda kasb-hunar kollejlari va umumtaʼlim maktablari bilan hamkorlikda sinf, guruh rahbarlari boshchiligida "Yordamchi guruhlar” tuzilib, hashar kunlari tumanimiz yoshlari 500 nafardan ortiq yakka-yolgʻiz, kam taʼminlangan oilalar hovli-joylarini obodonlashtirish ishlariga yaqindan yordam berdilar.

Bundan tashqari, umumxalq xayriya hashari munosabati bilan fuqarolar yigʻinlari hududidagi jami 90 ta kam taʼminlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga, yakka yolgʻizlarga, yetim, nogiron va boquvchisini yoʻqotgan, koʻp bolali oila farzandlariga homiylar hamda fuqarolar yigʻinlari tomonidan muruvvat  va sahovat yordamlari koʻrsatildi.

 

Rustam ROʻZMETOV,

"Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman boʻlinmasi raisi, xalq deputatlari tuman Kengashi deputati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019