14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 23:27
Jamiyat 👁 3,582

AYoLGA EʼTIBOR - KELAJAKKA EʼTIBOR

AYoLGA EʼTIBOR - KELAJAKKA EʼTIBOR

Mamlakatimizda istiqlol yillarida barcha jabhalarda amalga oshirilgan ulkan bunyodkorlik ishlarida, yangilanishlarda xalqimizning ertagi kunga ishonch bilan qarashi, ijtimoiy faolligi, yurt istiqboli, tinch-osoyishtaligi uchun daxldorlik hissi bilan yashab mehnat qilayotganliklari mustahkam asos boʻlib xizmat qilmoqda.

Ayniqsa, mustaqilligimizning ilk yillaridan boshlab amaliyotga tatbiq etilgan "Sogʻlom oila – sogʻlom avlod – sogʻlom kelajak” gʻoyasi oilalarda sogʻlom turmush tarzining kamol topishiga zamin yaratdi.

Muhtaram Yurtboshimizning mamlakatimizning kelajagi boʻlmish yosh avlod tarbiyasini avvalo oilalarda sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, tibbiy madaniyatni yuksaltirish, ayollar uchun munosib turmush sharoitini yaratishdan boshlash lozimligi haqidagi yoʻl-yoʻriqlari asosida "Sogʻlom ona-sogʻlom bola” maqsadli vazifasini amalga oshirish maqsadida keng targʻibot-tashviqot ishlari olib borilganigi, oʻsib kelayotgan yosh avlod haqidagi gʻamxoʻrlik davlatimiz qonunchiligida ham oʻz ifodasini topayotgani bugun hayotimizda oʻzining ijobiy samaralarini bermoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 25-maykungi "Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni, 2014-yil 1-avgustdagi"2014 — 2018-yillarda Oʻzbekistonda aholining reproduktiv salomatligini yanada mustahkamlash, onalar, bolalar va oʻsmirlar sogʻligʻini muhofaza qilish borasidagi Davlat dasturi toʻgʻrisida”gi qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 22-iyuldagi 156-sonli "Respublikaning qishloq  tumanlarida onalar va bolalarning reproduktiv salomatligini mustahkamlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorida ham oilalar farovonligini taʼminlash, ularda ijobiy psixologik iqlimning hukm surishi, onalar va bolalar salomatligini saqlash, oilaning mustahkamligiga erishish, unda ham jismonan, ham maʼnan yetuk farzandlarning kamol topishiga erishish kabi ulugʻvor maqsadlar mujassamdir.

Mamlakatimiz dunyoda xotin-qizlar uchun qulay sharoitlar yaratish, onalik va bolalikni muhofaza qilish borasida yetakchi oʻrinlardan birini egallaydi. 2010yilda YuNISEFning sharqiy Yevropa, Boltiqboʻyi va Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi mamlakatlari boʻyicha ofisi tomonidan onalik va bolalikni muhofaza qilish borasidagi dasturlarni joriy qilishda Oʻzbekistonning mintaqadagi namunaviy  model sifatida eʼtirof etilgani ham bejiz emas.

Muhtaram Yurtboshimiz tomonidan 2010-yilning  "Barkamol avlod yili”, 2014-yilning "Sogʻlom bola yili”, deya nomlanishiga muvofiq qabul qilingan Dalvat Dasturlari ijrosi bu boradagi ishlarni yana yangi bosqichga koʻtardi.

Bugungi kunda butun mamlakatimizda boʻlgani kabi tumanimizda ham yosh avlodning sogʻlom dunyoga  kelishi,emin-erkin ulgʻayishi va yetuk insonlar boʻlib voyaga yetishlari uchun barcha shart-sharoitlar muhayyo. Maktablarimizda bolalarning fan asoslarini chuqur egallashlari uchun darsdan tashqari turli  fan toʻgaraklari, sport toʻgaraklari faoliyat yuritmoqda. Oʻquvchilarning bilimlarini,turli kasb-hunarlarga qiziqishlarini rivojlantirishga koʻmaklashish va ragʻbatlantirish maqsadida turli musobaqalar, koʻrik-tanlovlar oʻtkazilmoqda.

Ularning yurtimizga munosib oʻgʻil-qizlar boʻlib voyaga yetishlariga ulkan eʼtibor qaratilmoqda. Ular orasida sport musobaqalari, koʻrik-tanlovlarning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Oʻzbekiston bosqichlari gʻoliblari safi tobora kengayib borayotgani bu boradagi ishlarimizning ijobiy samaralaridir.

 Tugallangan 2015-yilda ham oila,deya atalmish muqaddas qoʻrgʻonning bekalari boʻlmish ayolga - onaga yuksak ehtirom koʻrsatish, uning ogʻirini yengil qilish, munosib turmush sharoitlarini yaratish, oila,onalik va bolalikni muhofaza qilish borasida tumanimizda koʻpgina xayrli ishlar amalga oshirildi. Oʻtgan ikki yil davomida onalar oʻlimi qayd etilmaganining oʻzi bu boradagi saʼy-harakatlar samarali boʻlganligini koʻrsatib turibdi. Oʻtgan yili4178 nafar sogʻlom chaqaloqlar dunyoga keldi va ularning meʼyorida oʻsib rivojlanishini tibbiyot xodimlari muntazam nazorat qilib borishmoqda.

Xotin-qizlar bilan ishlashish, ularning ijtimoiy himoyasini taʼminlash, mehnatini muhofaza qilish, tadbirkorlikka yoʻnaltirish, kredit olishlariga koʻmaklashish, yangi ish oʻrinlari yaratish boʻyicha reja asosida ish olib borildi.

Maʼlumki mamlakatimiz iqtisodiyotida tadbirkorlik salmoqli oʻrin tutadi. Ayni kunda ish bilan band boʻlmagan ayol-qizlarni mazkur sohaga jalb qilish, faoliyatini rivojlantirishga koʻmaklashishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. 2015-yilning oʻzida tumanimiz boʻyicha 200 nafarga yaqin xotin-qizlarga tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, shuningdek, isteʼmol ehtiyojlari va taʼlim maqsadi uchun jami 1 mlrd. soʻmdan ortiq miqdorda kreditlar berildi. "Amudaryo tumanida 2015-yilda xotin-qizlar uchun yangi ish oʻrinlari tashkil etish va bandligini taʼminlash manzilli dasturi”ga asosan ayol-qizlar uchun 1704 ta yangi ish oʻrni yaratilishi rejalashtirilgan edi. Amalda esa 1741 yangi ish oʻrni yaratildi.

Tuman xotin-qizlar qoʻmitasi oʻz faoliyatini boshlangʻich tashkilotlar bilan uzviy aloqada va hamkorlikda olib boradi. Boshlangʻich tashkilotlar bizning tuman xotin-qizlari hayotiga chuqur kirib borishimizda, ularni ezgu maqsadlar yoʻlida birlashtirishda, ayol-qizlar bilan ishlashishda eng ishonchli suyanchimiz, tayanchimizdir. Mangʻit shahridagi 3-sonli maktabgacha taʼlim muassasasi tarbiyachisi Sayyora Matkarimova "Xotin-qizlar qoʻmitasining eng namunali boshlangʻich tashkiloti” koʻrik-tanlovining mamlakat bosqichi gʻolibi boʻlganligi butun tumanimiz xotin-qizlarini quvontiradi, yanada faollikka undaydi.

Shuningdek, 2015yil yakunlariga koʻra, Qoraqalpogʻiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi tomonidan tuman xotin-qizlar qoʻmitasi "Eng faol xotin-qizlar qoʻmitasi”, deya eʼtirof etildi va diplom, qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi. Albatta,erishilgan  natijalar bilan cheklanib qolmay, yanada yangi marralar, muvaffaqiyatlar sari intilaveramiz.

 Joriy yilning "Sogʻlom ona va bola yili”, deya nomlanishi faoliyatimizni yanada jonlantirishimiz lozimligini taqozo etadi. Shunga muvofiq, tuman xotin-qizlar qoʻmitasi tashabbusi bilan "Tumanda onalik va bolalikni muhofaza qilish, xotin-qizlar va voyaga yetmaganlar bilan ishlashish boʻyicha 2015-yilda amalga oshirilgan ishlar, 2016 "Sogʻlom ona va bola” yilida amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalar”ga bagʻishlangan kengaytirilgan yigʻilish oʻtkazildi. Yigʻilishda ishtirok etgan huquqni muhofaza etuvchi organlar, tibbiyot birlashmasi, XTMFMTTE boʻlimi masʼul xodimlari, ovul, mahallalar oqsoqollari va maslahatchilari, kasb-hunar taʼlimi muassasalari va mavjud maktablar maʼnaviyat va maʼrifat ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosarlari, jamoat tashkilotlari rahbarlari bilan birgalikda 2015-yilda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar ham keng muhokama etildi va 2016-yildagi vazifalar belgilab olindi. Joriy yilda ham tumanimizda onalik va bolalikni muhofaza qilish, xotin-qizlarni ijtimoiy-huquqiy qoʻllab-quvvatlash, ularning kasbiy, maʼnaviy, intellektual salohiyatini va siyosiy faolligini oshirish, pirovardida turmushining farovon, goʻzal va sermazmun boʻlishiga erishish bosh maqsadimizdir. Chunki ayol – kelajak egalarini kamolga yetkazuvchi, har qancha  hurmat va ehtiromga munosib zot.

Koʻklam ila hamqadam keladigan 8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni muhtarama va mukarrama ayol-qizlarimiz uchun haqiqiy bayramdir.

Men barchangizni shu qutlugʻ kun bilan tabriklab, uzoq umr, tani sogʻlik va baxt-iqbol tilab qolaman!

Maryam AHMEDOVA, tuman hokimi oʻrinbosari, Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputati.

(Foto - uza.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019