16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 23:15
Jamiyat 👁 3,392

EZGU REJALAR BILAN

EZGU REJALAR BILAN

Hozirgi kunda mamlakatimizda taʼlim sohasida olib borilayotgan islohotlar sohaning rivojlanishiga va farzandlarimizga berilayotgan taʼlim sifatining tubdan yaxshilanishiga omil boʻlmoqda. Yana shunisi diqqatga sazovorki, mamlakatimizda 12 yillik majburiy taʼlim joriy etilib, 9 yillik umumiy taʼlim maktablarini tugatgan oʻquvchilar kasb-hunar kollejlariga jalb etilmoqda. Endilikda yoshlarimiz oʻrta maʼlumotga ega boʻlish bilan birgalikda kasb-hunar sohiblari ham boʻlishadi.

Bizning Amudaryo transport kasb-hunar kollejimiz taʼlim sohasida olib borilayotgan islohotlar natijasida dunyoga kelgan taʼlim va kasb-hunar maskanlaridan biri hisoblanadi.

2013-yilda foydalanishga topshirilgan kasb-hunar kollejimizda ayni paytda 7 ta yoʻnalish boʻyicha 23 ta guruhda 687 nafar oʻquvchi taʼlim olib, kasb-hunar sirlarini oʻrganishayapti.

Kollejimizda mehnat qilayotgan 37 nafar oʻqituvchilar va 14 nafar ishlab chiqarish taʼlimi ustalari oʻquvchilarga taʼlim berishda hamda kasb-hunar sirlarini oʻrgatishda fidokorona mehnat qilmoqdalar.

Kollejimizda oʻquvchilarga berilayotgan kasbiy taʼlimni yanada chuqurlashtirish maqsadida har bir mashgʻulotni koʻrgazmali qurollar asosida oʻtkazishga doimo katta eʼtibor berib kelinadi. Shu maqsadda kollejimizga 2014-2015 oʻquv yilida byudjet mablagʻlari hisobidan 5 mln. 154 ming soʻmlik "Matiz” va "Lasetti” avtomobillari dvigatellari, 29,2 mln. soʻmlik avtomobil tuzilishi va yoʻl harakati xavfsizligi jihozlari hamda 32,2 mln. soʻmlik chilangarlik ustaxonasi dastgohlari keltirildi.

Kollejimiz oʻqituvchilari va ishlab chiqarish taʼlimi ustalari oʻz zimmalaridagi vazifalarni sidqidildan ado etishga harakat qiladigan fidoyi insonlar hisoblanishadi. Shu boisdan ham kollejimizda taʼlim samaradorligi tobora oshib borayapti.

2015-2016 oʻquv yilida biz kollej jamoasi uchun yana bir quvonchli voqea roʻy beradi. Bu – joriy oʻquv yili yakunida kollejimiz oʻquvchilaridan 207 nafarining katta hayot sari uchirma boʻlishidir. Ular kollejimizning dastlabki qaldirgʻochlari hisoblanadilar.

Kollejimiz oʻqituvchilari va ishlab chiqarish taʼlimi ustalari yangi 2016-yilga yaxshi niyatlar va katta rejalar bilan qadam qoʻydilar. Zero, ezgu niyatlar bilan boshlangan yil samarali boʻladi.

 

Jasur DAVLETOV,

Amudaryo transport kasb-hunar kolleji direktorining kasbiy taʼlim boʻyicha oʻrinbosari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026