“Zangori ekran”da Amudaryo televideniyesi
"Amudaryo televideniyesi" masʼuliyati cheklangan jamiyatiga 2010-yilda Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi tomonidan teledasturlarni tarqatish tarmoqlari xizmatini koʻrsatish faoliyati uchun berilgan litsenziyaning amal qilish muddati 2015 yil iyul oyida tugagan edi.
Masʼuliyati cheklangan jamiyati taʼsischilari litsenziya olish uchun Axborot faoliyati va maʼlumotlar uzatishni takomillashtirish hamda samaradorligini oshirish boʻyicha idoralararo komissiyasiga tegishli hujjatlarni taqdim etgan edi.
Yaqinda jamiyatga Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2015-2020-yillar davrida teledasturlarni tarqatish tarmoqlari xizmatini koʻrsatish uchun litsenziya berildi.
Yangi yil bayrami arafasida tumanimiz aholisi teleefir orqali Amudaryo telekanalining qiziqarli dasturlarini tomosha qilish imkoniyatiga ega boʻlishdi.
Telekanal tahririyati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶