14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 20:07
Jamiyat 👁 5,245

TABIATNI ASRASh – ONAMIZNI ASRAShDIR

TABIATNI ASRASh – ONAMIZNI ASRAShDIR

Bosh Qomusimizning 50-moddasida: "fuqarolar atrof-tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda boʻlishga majburdirlar” , 55-moddasida esa: "Yer, yer osti boyliklari, suv, oʻsimlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zahiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir”, - deb belgilab qoʻyilgan. Demak, biz fuqarolarning vazifamiz atrof-muhit muhofazasini taʼminlashda eng avvalo ekologik ongimizni, ekologik madaniyatimizni yuksaltirishimiz Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumatining tabiatni muhofaza qilishga oid qator meʼyoriy hujjatlar mazmun-mohiyatini chuqur oʻrganish va hayotimizga tatbiq etishdan iborat.

Maʼlumki, sobiq Ittifoq davrida Oʻzbekistonda paxta yakkahokimligiga erishish maqsadida ming-minglab gektar tabiiy yaylovlar, toʻqayzorlar oʻzlashtirilib, paxta maydonlariga aylantirildi. Oqibatda, mamlakatimiz flora va faunasida biologik xilma-xillikka jiddiy putur yetdi. Hayvonot va oʻsimliklar dunyosining juda noyob, kam uchraydigan turlarining koʻpchiligi butunlay yoʻqolib ketdi. Ayrim turlarining esa yoʻqolib ketish xavfi tugʻildi. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan soʻng biologik resurslar Vatanimizning barqaror ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti uchun nihoyatda zarur ekanligini oʻzida mujassam etgan qator qonun hujjatlari ishlab chiqildi va hayotga izchil tatbiq etildi. Xususan, mustaqillik yillari Oʻzbekistonda 22 ta bevosita, 50 dan ziyod bilvosita ekologik yoʻnalishdagi Qonunlar, 4000 dan ziyod meʼyoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilindi.

Xoʻsh, bu qonun va meʼyoriy hujjatlarning asosiy maqsadi nimalardan iborat?

Shuni alohida qayd etish joizki, atrof-muhit – inson hayotining, salomatligi hamda faoliyatining asosi hisoblanadi. Demak, atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda boʻlish – insonlarning ekologik ong va ekologik madaniyati qay darajada ekanligiga bogʻliq. "Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi, "Muhofaza qilinadigan tabiiy resurslar toʻgʻrisida”gi, "Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi, "Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi, "Oʻrmon toʻgʻrisida”gi hamda "Ekologik nazorat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlarining barchasida fuqarolarning atrof-tabiiy muhitga munosabati, yer, suv, tabiiy resurslardan foydalanish borasidagi huquq va majburiyatlari bandma-band belgilab berilgan. Shu bilan birga mazkur Qonun hujjatlarining asosiy maqsadi atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik ilm-fanni rivojlantirish, mavzuga oid bilimlarni keng targʻib qilish, tabiiy tizimlarni hamda ularning biologik rang-barangligini, oʻzini-oʻzi toʻgʻrilash qobiliyatini saqlab qolish, qayta tiklash, tabiiy resurslardan foydalanishning ekologik samarali usullarini ishlab chiqish, ekologik xavfsizlikni taʼminlash, suv zahiralarining ifloslanishining oldini olishga koʻmaklashishga, tabiiy muhitni moʻʼtadil ravishda saqlash mexanizmini yanada takomillashtirishga xizmat qilishdan iborat. Shu bois, davlatimiz tomonidan tabiatdan foydalanish sohasidagi meʼyoriy-huquqiy bazani rivojlantirishga, aholining ekologik taʼlimi, madaniyati va tarbiyasi tizimini uzluksiz takomillashtirib borishga jiddiy ahamiyat berilmoqda.

Bizning tumanimiz tabiati ham oʻziga xos. Hududimizdan oqib oʻtuvchi Amudaryoning muhofaza qismidagi tabiiy toʻqayzorlarda noyob qushlar, turli hayvonlar, ayniqsa, yoʻqolib ketish xavfi boʻlgan "Buxoro bugʻusi” (xonguli), qirgʻovul, qashqaldoq, toʻrgʻay, suylun kabi kam uchraydigan turlar mavjud. Tumanimiz flora va faunasiga zarar etkazish bu – xalqimizning barqaror iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotiga toʻgʻanoq boʻlishdir.

Shuni alohida qayd etish joizki, atrofimizni oʻrab turgan tabiiy olam – bizning betakror boyligimiz, bitmas-tuganmas musaffo havo fabrikamiz. Demak, koʻzimizga chiroyli koʻringan hududda turli koʻngilochar sayl-u ziyofatlar ("mayovka” deyishadi buni koʻpchilik) uyushtirish, tabiat bagʻrini ifloslantirish, shaxsiy ehtiyoj yoki manfaatni koʻzlab, tabiiy oʻsuvchi dov-daraxtlarni kesib olish, shaxsiy mulk sifatida foydalanish, biosfera rezervatiga kiritilgan hududlardan har xil jonivorlarni ovlash, suv yoʻllarini ifloslantirish, tuproq ekologiyasini buzuvchi holatlarni sodir etish – bu eng avvalo mamlakatimizda amalda boʻlgan Qonun hujjatlariga zid hatti-harakat boʻlsa, qolaversa, mamlakatimiz flora va faunasiga nisbatan xiyonatdir. Vaholanki, bunday xiyonat insoniyat uchun ham, tabiiy olam uchun ham xatarli holat hisoblanadi.

Shu yerda eʼtiboringizni quyidagi raqamlarga qaratmoqchiman: yer yuzida har kuni deyarli 37 ming gektar tabiiy oʻrmonlar yoʻqolib ketmoqda. 1930-yil oxirida Qoraqalpogʻiston Respublikasida toʻqayzorlarning umumiy maydoni 300 ming gektarni tashkil etgan boʻlsa, 1990-yilga kelib toʻqayzorlar 30 ming gektargacha kamayib ketgan.

Men bu misolni nima uchun keltirdim? Shuning uchunki, har kim koʻngliga kelgan ishni qilib ketavermasdan, xovlisi oldidagi bir tup daraxt yoniga yana bitta nihol eksa, "egasi yoʻq-ku”, deb toʻrongʻil yoki qoramon, oqtol, jiyda va jigildak kabi daraxtlarni chopib, oʻz ehtiyoji uchun ishlatishga intilmasa, noyob, qoʻriqlanayotgan jonivorlarga oʻq uzmasa, atrof-muhit yanada obodonlashib, yashil olam boyib boraveradi. Buning uchun har birimiz ekologik ongli, yaʼni atrof-muhit muhofazasiga oid chuqur bilimli, tabiat hodisalari bilan bogʻliq urf-odatlar boʻyicha oʻz tasavvurimizga ega ekologik madaniyatli xulq-atvor egasi boʻlmogʻimiz joiz. Ana shundagina insoniyatning ijtimoiy va iqtisodiy farovonligini barqarorlashtirib turuvchi atrofimizdagi goʻzal olam – biologik xilma-xillik yanada boyib, goʻzallashib boraveradi. Zero, biz oʻzimiz – tabiatning oliy mahsulimiz, tabiat esa – onamizdir.

Robiya YOʻLDOShEVA, jurnalist.

(Foto - http://zakovat.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Yoshlar bilan uchrashuv: sport, taʼlim va yangi imkoniyatlar Yoshlar bilan uchrashuv: sport, taʼlim va yangi imkoniyatlar 14.08.2026 Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40 YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40 YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019