14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 20:09
Jamiyat 👁 5,459

EKOLOGIK NAZORAT KUChAYTIRILMOQDA

EKOLOGIK NAZORAT KUChAYTIRILMOQDA

Mustaqillik yillarida mamlakatimizda ekologik vaziyatni yanada sogʻlomlashtirish, xalqimiz orasida ekologik ong va madaniyatni shakllantirish, jamiyatimizda sogʻlom turmush tarzini qaror toptirish maqsadlarini ifoda etuvchi qator Qonunlar va qonunosti hujjatlari ishlab chiqilib, amaliyotga tatbiq etilayotgani bois, atrofimizdagi yashil olam – biologik resurslarga boʻlgan odamlarning munosabati keskin oʻzgardi. Ayniqsa, "Ekologik nazorat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "2013-2017-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida atrof-muhit muhofazasi boʻyicha harakatlar dasturi toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlashda fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari hamda nodavlat notijorat tashkilotlarining oʻrni gʻoyat muhimdir.

Xoʻsh, tumanimizdagi "Oʻrta qalʼa”, "Toshyop” hamda Amir Temur nomli ovul fuqarolar yigʻinlari huzuridagi "Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha komissiya”lari bu borada qanday ish olib borishmoqda? Mazkur ovullarda atrof-muhit muhofazasi bilan bogʻliq muammolar oʻz vaqtida yechimini topmoqdami?

Ushbu savollarimizga mazkur OFYlarning raislari javob berishadi.

Ismoil Toʻrayev, "Oʻrta qalʼa” OFY raisi:

- Ovulimiz hududi anchagina katta. 12 ta aholi maskanida 1750 ta xonadon boʻlib, ularda 10 ming nafardan ziyod bir necha millat vakillari totuvlikda yashashadi. Mustaqillik yillarida ovulimiz qiyofasi tubdan oʻzgardi, oilalarning iqtisodiy hayoti yaxshilandi. Barcha xonadonlar oʻz tomorqa yeriga, chorvasiga ega. Ovulimizda bogʻdorchilik, parrandachilik, kichik issiqxona xoʻjaligini yuritish boʻyicha oʻziga xos tajriba maktabi mavjud. Aholi bir-biridan oʻrganib va bir-biriga oʻrgatib yashashga odatlanishgan. Koʻchat ekish mavsumi ovulimizda bayramday oʻtkaziladi. Umumxalq hasharlaridagi xalqimizning jipsligini koʻrsangiz, toʻgʻrisi, havasingiz keladi. Bu yilgi bahorda hududimizda juda keng miqyosda obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari olib borildi. Yaʼni, 50 ming tupdan ziyod mevali va manzarali daraxt koʻchatlari, gul koʻchatlari oʻtqazdik. 160 kilometruzunlikdagi suv yoʻllari hashar yoʻli bilan tozalandi.

Hududimizda ekologik vaziyatni sogʻlomlashtirish boʻyicha maxsus komissiya doimiy ish olib borayotgani bois, aholi oʻrtasida ekologik madaniyatni shakllantirish, atrof-muhitni toza saqlash, sogʻlom turmush tarzini qaror toptirish boʻyicha muammolar oʻz vaqtida yechimini topmoqda. Xususan, aholining yoqilgʻi, elektr va issiqlik energiyasi, oqar suv zahiralaridan unumli foydalanishini taʼminlash maqsadida mavjud suv yoʻllarining muhofaza hududlaridagi tabiiy oʻsuvchi dov-daraxtlarni noqonuniy kesish, suv manbalarining qirgʻoqlarini oʻpirish holatlariga keskin chek qoʻyildi. Ovul hududida 8 ta joyda qattiq chiqindilar toʻplanadigan inshootlar barpo etildi.

Endilikda ovulimiz aholisi oʻzlari yashab turgan hududning obodonchiligi – farovon va sogʻlom turmush tarzi sari eltuvchi yoʻl ekanligini juda yaxshi bilishadi.

Ahmadjon Oʻrozboyev, "Tosh yop” OFY raisi:

- Ovulimiz hududi 19,1 kvadrat kilometr boʻlib, mustaqillik yillarida uning har bir qarich yeri obod goʻshaga aylantirildi. "Obod mahalla”, "Birlashgan”, "Ozodlik” nomlarini olgan aholi maskanlarida aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini qaror toptirishga xizmat qiluvchi barcha manbalar mavjud. Xususan, hududdagi maktablar bazasida tashkil etilgan sport-sogʻlomlashtirish inshootlari, aholi dam olish va madaniyat markazi, savdo hamda maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari, feldsher-akusherlik punktlari aholi xizmatida. Aholiga 108 gektar yer maydoni tomorqa xoʻjaligi yuritish uchun ajratib berilgan. Bu esa ovul ahlining moddiy taʼminotini yaxshilash imkonini bermoqda. Buni 53 ta xonadon oʻz yengil avtomashinasiga, 1 xonadon yuk mashinasiga, 11 ta xonadon esa oʻz xususiy traktoriga ega ekanligida yaqqol koʻrish mumkin.

Aholining turmush darajasi yuksalgan sari yanada chiroyli va farovon yashashga intilayotgani yanada quvonarli. Buni yigʻin huzuridagi "Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish, obodonlashtirish hamda koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha komissiya”ning faoliyatida ham sezish mumkin. Chunki, yil sayin ovul koʻchalari yam-yashil daraxtlarga, gullarga burkanib bormoqda. Xonadonlar atrofi, ovul koʻchalari shinam va ozoda. Hududimizdagi oqar suv manbalarida suv isrofgarchiligiga umuman yoʻl qoʻyilmaydi. Ekologik masalalar boʻyicha ishchi komissiyaning har oyda tizimli ravishda oʻtkaziladigan nazorat-tahlil yigʻilishlarida aholi vakillari faol ishtirok etishadi. Bu esa hududda biologik resurslardan oqilona foydalanish borasidagi targʻibot va tashviqot ishlarimizni yanada jonlantirish imkonini bermoqda.

Oybek Yusupov, Amir Temur nomli ovul fuqarolar yigʻini raisi:

- Jamiyatimizda sogʻlom turmush tarzini qaror toptirish – eng avvalo aholining biologik resurslarga qay darajada munosabatda boʻlishiga koʻp jihatdan bogʻliq. Chunki, bizni oʻrab turgan yashil olamsiz biz hech kim emasmiz. Shuning uchun tabiat – onamiz, tabiat – sogʻligimiz, uzoq umr koʻrishimiz uchun mustahkam yashil qalqon, deya taʼriflaymiz. Yigʻin huzuridagi ekologik masalalar boʻyicha shugʻullanuvchi ishchi komissiyaning har bir yigʻilishida nainki atrof-muhit muhofazasi, balki, biz uchun bitmas-tuganmas hayot manbai boʻlgan ona tabiyatni koʻz qorachigʻidek asrash masalasiga alohida eʼtibor beramiz. Komissiyaning ish rejasiga kiritilgan barcha tadbirlar yil davomida yigʻin faollari ishtirokida amalga oshiriladi. Har oyda va yil davomida bajarilishi lozim boʻlgan ishlarimizning barchasi bevosita mahalla ahlining hayoti bilan chambarchas bogʻliq. Uchta aholi maskanidagi 547 ta xonadonga birlashgan 798 ta oilada 3450 nafardan ziyod aholi istiqomat qiladi.

Aholi tasarrufidagi 121 gektarni tashkil etuvchi tomorqa yerlari haqiqiy ziroat fabrikasiga aylangan, desam xato qilmayman. Sababi oddiy oshkoʻklardan tortib, Gollandiya gulkarami, yongʻoq, bodom, xurmo-yu xandon pista, olma va uzumning eng noyob navlarigacha ekib, hosil undirib, moddiy manfaatdorligi oshib borayotgan ovul ahli biologik resurslar ijtimoiy va iqtisodiy barqarorlikning kafolati ekanligini juda yaxshi bilishadi.

Shu bois, ovulimizda tabiat boyliklariga ehtiyotkorona munosabatda boʻlish muhim hayotiy qoidalardan biri sanaladi. Bugungi kunda ovul ahli tomorqa – moʻl-koʻl daromad manbai, oqar suv manbalari – barqaror hayot va taraqqiyot omili, jamiki yashil boyliklar – inson salomatligi uchun metin qalqon ekanligini yurak-yuragidan his etib yashashadi. Binobarin, atrof-muhit muhofazasi eng oliy qadriyat sifatida xalqimizning muhim hayotiy qoidalaridan biriga aylangan. Bu qoidaga amal qilib yashash esa har birimizning insoniy burchimizdir.

Suhbatni jurnalist Robiya YOʻLDOShEVA yozib oldi.

(Foto - http://news.uzreport.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Yoshlar bilan uchrashuv: sport, taʼlim va yangi imkoniyatlar Yoshlar bilan uchrashuv: sport, taʼlim va yangi imkoniyatlar 14.08.2026 Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40 YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40 YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019