22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 02:49
Jamiyat 👁 3,627

ONA YeR, ONA TABIAT – BIZ UChUN MUQADDAS

ONA YeR, ONA TABIAT – BIZ UChUN MUQADDAS

Ona Yer, ona tabiat biz insonlar uchun hamisha muqaddas hisoblanadi. Chunki ona Vatanimiz bizni koʻksida tutib turgan Yerdan boshlanadi.

Tuman tabiatni muhofaza qilish boʻlimi tomonidan muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar xaritasi tuzilgan boʻlib, bular ichida tabiiy suv manbalaridan oqilona foydalanish, ularning muhofaza hududlarini toza saqlash hamda obodonlashtirish alohida muhim ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari, nazoratdagi hududlarning atmosfera havosi, yer osti va yer usti tabiiy boyliklar zahiralaridan unumli foydalanishga erishish maqsadida yil davomida qilinadigan ishlar rejasi tuzilib, zarur chora-tadbirlar ishlab chiqilgan. Unga koʻra, 2015-yil boshidan Amudaryoning chap va oʻng qirgʻogʻidagi 500 metrlik muhofaza hududlariga yaqin joyda joylashgan fermer xoʻjaliklari rahbarlariga Tabiatni muhofaza qilish borasidagi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlarining mazmun-mohiyati tushuntirilib, qonunda koʻrsatilgan yoʻl-yoʻriqlar asosida ish olib borish topshirildi.

Ayniqsa, Amudaryoning muhofaza hududida tabiiy ravishda hosil boʻlgan toʻqayzorlarga ehtiyotkorona munosabatda boʻlish, taʼqiqlangan havzalarda baliq ovlanishiga chek qoʻyish, brakonerlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi shaxslarga nisbatan qonuniy chora koʻrishga erishilayotgani nazoratdagi hududlarda bioxilmaxillikni saqlash, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlarida muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Bundan tashqari, Mangʻit-Nazarxon irrigatsiya tizimi, tuman Melioratsiya boʻlimi, tuman va shahar suv tarmoqlari idoralari bilan hamkorlikda olib borilayotgan ishlar ham yaxshi samara bermoqda. Yaʼni, barcha yirik suv yoʻllari hamda suv olish nuqtalarining texnik pasportlari tayyorlangani bois, bu boradagi yechimini kutayotgan muammolar toʻliq hal etildi.

Bizning faoliyatimizda nazoratdagi hududlarda maxsus rejali tekshiruvlar oʻtkazish muhim ahamiyat kasb etadi. Joriy yilning oʻtgan davri mobaynida 10 dan ortiq obʼektda rejali tekshiruvlar oʻtkazilib, atrof-muhit tozaligi, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish, atmosfera musaffoligi, yer va tuproq ekologiyasi hamda ichimlik, oqar suv manbalari bilan bogʻliq muammolar bartaraf etildi. Tuman DSENM, veterinariya boʻlimi, OFY va MFYlar huzuridagi masʼul komissiyalar hamkorligida oʻtkazilgan tekshirishlar oʻzining ijobiy natijasini berdi hamda nazoratga olingan hududlarning ifloslanishiga, tabiat boy-liklarining behuda isrof boʻlishiga yoʻl qoʻygan masʼul mutaxassislar jarima jazosi bilan jazolandi. Birgina misol, tuman tabiatni muhofaza qilish boʻlimi mutaxassislari tomonidan 36 ta korxona va tashkilotlarga 8,3 million soʻmlikdan ortiq kompensatsiya toʻlovlari hisoblanib, ushbu toʻlovlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining maxsus jamgʻarmasiga oʻtkazildi. Yer, suv isrofgarchiligi, atmosfera havosining ifloslanishi, har xil maishiy chiqindilar bilan atrof-muhitga yetkazgan zararlari uchun 64 ta holat boʻyicha aybdorlardan tuman prokuraturasi bilan hamkorlikda jarimalar undirib olindi.

Nazoratdagi hududlarda flora va faunaning daxlsizligini taʼminlash, yer, suv, tabiiy toʻqayzorlar, ulardagi hayvonot dunyosini yanada boyitish maqsadida Qoraqalpogʻiston Res-publikasi Tabiatni muhofaza qilish Davlat qoʻmitasining tuman boʻlimi tomonidan olib borilayotgan ishlar nihoyatda keng qamrovli boʻlib, uzoq kelajakni koʻzlab olib borilayotgan barcha tadbirlarimizda oʻrmon xoʻjaligi, tuman tibbiyot birlashmasi, tuman xalq taʼlimi tizimidagi oʻquv maskanlari, akademik litsey,  kollejlar hamda ovul va mahallalar ahli faol ishtirok etishayotgani quvonarlidir. Faqat Mangʻit – Nazarxon irrigatsiya tizimi boshqarmasi bilan hamkorlikda bahorgi koʻchat ekish mavsumida 46100 tup yapon saforasi, 300 tup kashtan, 364200 tup mevali va manzarali daraxt koʻchatlari, salkam 80 ming tup tez oʻsuvchi terak, 6,4 ming tup tut koʻchatlari, fermer xoʻjaliklari tomonidan esa 798 700 ta terak va qoratol qalamchalari ekilgani xalqimiz ona tabiatni asrash va uni boyitish uchun qanchalar jonkuyar ekanliklaridan dalolatdir.

Shuni unutmasligimiz kerakki, tabiatni muhofaza qilish nafaqat soha xodimlarining, balki har birimizning burchimizdir. Zotan, buyuk mehr-muhabbat timsoli – Ona tabiatga biz ham mehr-muhabbat koʻrsatar ekanmiz, bu eʼtiborimiz bizga yanada cheksiz mehr, boylik va baxt-iqbol boʻlib qaytmogʻini aslo unutmaylik!

 

Shuhrat BOLTABOYeV,

tuman tabiatni muhofaza qilish boʻlimi noziri.
(Foto - http://navoiypress.uz)
🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026