22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 01:23
Jamiyat 👁 2,822

MUROJAAT ETISh HUQUQINING QONUNIY KAFOLATLARI

MUROJAAT ETISh HUQUQINING QONUNIY KAFOLATLARI

Mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar oʻz samarasini berayotir. Jumladan, fuqarolarning Konstitutsiya asosida kafolatlangan vakolatli organlarga murojaat etish huquqi amalda toʻla taʼminlanayotir.

Zero, fuqarolarning murojaat qilish huquqi inson huquqlari taʼminlanishi va samarali himoya qilinishining muhim omillaridan biridir. Shu bois milliy qonunchiligimizda fuqarolar murojaatlari masalasiga alohida oʻrin berilgan.

2014-yil 4 dekabrda matbuotda eʼlon qilingan Oʻzbekiston Respublikasining "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi qonuni fuqarolarning davlat organlariga murojaat etish tartibini yanada takomillashtirdi. Qonun bilan yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish bilan bogʻliq, ijtimoiy munosabatlar huquqiy tartibga solindi. Ushbu sohadagi qonun buzilishi uchun javobgarlik belgilanib, davlat organlariga, mansabdor shaxslarga murojaat qilish tartibi aniqlashtirildi.

Qonunda murojaatlarning shakllari, turlari, ularga qoʻyiladigan talablar belgilandi. Jumladan, jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish, murojaat etish huquqlarining kafolatlari mustahkamlandi. Murojaatlarni berish va ularni koʻrib chiqish tartibi, muddatlari, murojaatlarni koʻrmay qoldirish asoslari, murojaatlarni koʻrib chiqishda jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari hamda davlat organlarining majburiyatlari, moddiy zararning oʻrnini qoplash va maʼnaviy ziyonni kompensatsiya qilish, murojaatlar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlikka oid qoidalar ham qonunda oʻz ifodasini topdi.

Qonunda zamon talablaridan kelib chiqib, elektron shaklda murojaat qilish huquqiy jihatdan mustahkamlandi. Endilikda jismoniy va yuridik shaxslar axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda tegishli idora, mansabdor shaxslarga murojaat qilishi mumkin.

Jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish jadvalida qabul vaqti va joyi koʻrsatilishi hamda qabulga oldindan yozilish toʻgʻrisidagi axborot mavjud boʻlishi shart. Bunday jadval maʼmuriy binoning hamma koʻrishi mumkin boʻlgan joylariga joylashtiriladi. Qabul tartibi davlat organlarining rasmiy veb-saytlarida ham eʼlon qilinadi.

Davlat organlarining qabulni oʻtkazuvchi rahbarlari yoki boshqa vakolatli shaxslari har qanday masalalar, shu jumladan, oʻz vakolatlariga kirmaydigan masalalar boʻyicha murojaat etilganda qabulni rad etishga haqli emas.

Agar axborot davlat sirini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan boʻlmasa, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va erkinliklariga, jamiyat va davlat manfaatlariga zarar yetkazmasa, davlat organlari, ularning mansabdor shaxslari oʻzlaridan soʻralayotgan axborotni oʻn kun ichida taqdim etishi shart.

Murojaatda qoʻyilgan masalalar xoʻjalik yurituvchi subʼektlar faoliyatiga daxldor boʻlsa, ularning vakillari murojaatni koʻrib chiqishda ishtirok etish uchun davlat organlari tomonidan oʻz vakolatlari doirasida jalb etiladi. Jismoniy va yuridik shaxslar oʻz murojaatlarini ular koʻrib chiqilguniga qadar va koʻrib chiqilayotgan vaqtda murojaat yuzasidan qaror qabul qilinguniga qadar yozma yoxud elektron shaklda ariza berish orqali qaytarib olish huquqiga ega. Murojaatni qaytarib olish haqidagi ariza davlat organlari tomonidan qonun buzilishini aniqlash va bartaraf etish boʻyicha choralar koʻrilishini istisno etmaydi.

Murojaatlarga javoblar, mumkin qadar, murojaat etilgan tilda bayon qilinishi, murojaatda koʻrsatilgan har bir masala boʻyicha vajlarni rad etuvchi yoki tasdiqdovchi aniq asoslarni ichiga olgan boʻlishi kerak.

Qayd etish joizki, baʼzi hollarda murojaatlarni belgilangan tartibda koʻrib chiqishda mutasaddilar tomonidan bu masalada sansalorlik va rasmiyatchilik, kamchiliklarni oʻz vaqtida bartaraf etmaslik, aybdor mansabdor shaxslarga nisbatan tegishli choralar koʻrmaslik holatlari uchrab turadi. Bu murojaatlar ortishiga sabab boʻladi. Bunday holatlarga yoʻl qoʻymaslik maqsadida qonunda Davlat organlari murojaatlarni koʻrib chiqishda Konstitutsiya va qonunlar talablariga rioya etishi, ularning toʻliq, xolisona va oʻz vaqtida koʻrib chiqilishi uchun choralar koʻrishi, jismoniy va yuridik shaxslarning buzilgan huquqlari, erkinliklari tiklanishini hamda qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash boʻyicha oʻz vakolatlari doirasida choralar koʻrishi shartligi belgilab qoʻyilgan.

Qonunda murojaatlar turi va shaklidan qatʼiy nazar, ular elektron yoki ogʻzaki boʻladimi, bir xil ahamiyatga egaligi mustahkamlandi.

Qonun murojaat etish huquqlarining bir qator kafolatlarini oʻzida mustahkamlagan boʻlib, unga koʻra murojaat etish huquqidan foydalanilayotganda kamsitishga yoʻl qoʻyilmaydi. Murojaatlar davlat organlari tomonidan qabul qilinishi va koʻrib chiqilishi shart. Jismoniy yoki yuridik shaxs murojaatini qabul qilish va koʻrib chiqishda qonunga xilof ravishda rad etilganligi ustidan boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoxud bevosita sudga shikoyat qilishga haqli. Bundan tashqari, murojaatlar munosabati bilan ayon boʻlib qolgan maʼlumotlar oshkor etilmasligi, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari munosabati bilan ularning xavfsizligi kafolatlari ham oʻz ifodasini topgan.

Qonunda murojaatlarni koʻrmay qoldirish asoslari ham belgilangan. Unga koʻra, anonim murojaatlar, jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari orqali berilgan murojaatlar agar ularning vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlmagan taqdirda, qonunda belgilangan boshqa talablarga muvofiq boʻlmagan murojaatlar koʻrib chiqilmaydi.

Xulosa qilib aytganda, mazkur qonun fuqarolarning huquq va erkinliklarini, yuridik shaxslarning qonuniy manfaatlarini himoya qilishning qoʻshimcha kafolatlarini belgilaydi, davlat organlarining ushbu sohadagi ishini sifat jihatidan yuqori darajaga koʻtarishga huquqiy zamin yaratadi.

A.Yu.Qurbonov, Shimoliy- Farbiy harbiy okrug harbiy prokurorining yordamchisi, adliya kapitani.

(Foto - http://huquqburch.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026