ELU YuRTGA MASLAHATGÖY NURONIY
Kattalarni hurmat qiliş xalqimizning qon-qoniga singib ketgan qadriyatlaridandir.
Haqiqatan ham, qaysi oila hayotiga nazar solsangiz, kattalar dasturxon törida ötirişadi. Yeguliklar ham dasturxonga ularning raʼyiga qarab qöyiladi. Yoki biror işga albatta kattalar muhokamasidan ötib, yöl-yöriq olingaç, qöl uriladi. Töy-maʼrakalarga borsangiz yoki biron oilada qarindoşlar yiğilsa-da, eng avvalo keksa odamlarga hurmat-ehtirom körsatiladi. Yoşi uluğlarning sözini heç kim bölmaydi, nasihatlariga quloq soladi. Yoşi uluğ kişilar nafaqat öz farzandlariga, balki, eldoşlariga ham yöl-yöriq beradi.
Mening bobom, xalq taʼlimi faxriysi Ibrohim Ismoilov ana şunday insonlarning biri.
U 1959-yili Berdaq nomidagi Qoraqalpoq Davlat Universitetining çet tillar fakultetini tugatgan. Öqituvçi, tuman yoşlari taşkiloti rahbari, xalq taʼlimi xodimlari kasaba uyuşmasi taşkiloti yetakçisi bölgan. Şuningdek, xalq taʼlimi bölimi mudiri örinbosari va mudiri lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Bobom tumanimizda xalq taʼlimi ravnaqiga munosib hissa qöşgan inson, desam aslo adaşmayman. Şu boisdan-da köça-köyga birga çiqqanimizda köpçilik odamlar "ustoz” deb salomlaşib, hol-ahvol söraşadi.
Men bobomnikiga mehmonga borişni orziqib kutaman. Çunki bobom, momom bilan suhbatlaşiş juda maroqli. Qolaversa, ularnikida juda köp özbek mumtoz adabiyoti, jahon adabiyoti va hozirgi davr adabiyotining nodir namunalari bor. Men ularni öqib, yana avaylab joyiga qöyaman. Bu - bobom örgatgan odat.
Bobomning kitoblarini mendan boşqa tanişlari, qöşnilari ham olib öqişadi, rahmat aytib qaytarib olib kelişadi. Bobom esa bunday paytlarda kitob yuzasidan suhbatlaşişdan heç zerikmaydi.
Men şunday vaqtlarda şu ajoyib insonning nevarasi ekanimdan faxrlanib ketaman.
Yurtimizda yoşlarni yaxşi yölga çorlab turuvçi maʼrifatli va zukko keksalarimiz hamişa omon bölsin!
Sevara ANVAROVA, Amudaryo akademik litseyi öquvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶