14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 18:47
Jamiyat 👁 5,814

KITOBXONLIK VA MUTOLAA MADANIYaTI HAFTALIGI

KITOBXONLIK VA MUTOLAA MADANIYaTI HAFTALIGI

Barcha davrlarda ham inson hayoti uchun eng zarur narsalar qadrlanib, eʼzozlangan. Ulardan eng muhim va azizi – non, ikkinchisi kitobdir. Non – inson tanasiga kuch-quvvat beruvchi moddiy neʼmat boʻlsa, kitob-hamisha insoniyat uchun maʼnaviy boylik, qudrat timsoli boʻlib kelgan. Shu bois, xalqimiz uchun kitobxonlik – maʼnaviy davlatmandlikdir.

Maʼlumki, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasining tashabbusi bilan barcha taʼlim muassasalarida tashkil etilgan "Orasta qizlar” toʻgaragi mashgʻulotlari rejasiga "Kitobxonlik va kitob mutolaasi” mavzusida tadbirlar oʻtkazish kiritilgan. Shu asosda yoshlar, ayniqsa, qiz bolalarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish, ularni "Ommaviy madaniyat”ning va mafkura maydonining har qanday xurujlaridan himoya qilish, maʼnaviy dunyosini badiiy yetuk asarlarga singdirilgan gʻoyalar bilan boyitish maqsadida Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi tomonidan 2015-yil 25-maydan 28-mayga qadar respublikamizning barcha oʻquv muassasalarida "Kitobxonlik va mutolaa madaniyati” mavzusidagi haftalik eʼlon qilindi. Mazkur haftalik bizning tumanimizda ham koʻtarinki ruhda oʻtkazildi.

Mangʻit iqtisodiyot kollejida shu yilning 28-may kuni boʻlib oʻtgan "Kitobxonlik va mutolaa madaniyati” haftaligining yakuniga bagʻishlangan tadbirda haftalik davomida tumanimizdagi barcha umumtaʼlim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlaridagi "Orasta qizlar” toʻgaragining faol aʼzolari boʻlgan oʻquvchi-qizlar ishtirok etishib, haftalik davomida oʻqilgan kitoblar haqidagi oʻz xulosalari, tengdoshlariga kitobxonlikni targʻib etish boʻyicha taklif hamda fikrlarini bildirishdi.

Tadbirni tuman Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Maryam Ahmedova ochdi hamda "Kitobxonlik va mutolaa madaniyati” haftaligining yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati, haftalikdan kutilayotgan natijalar haqida gapirdi.

Shundan soʻng, haftalik davomida oʻqishga tavsiya etilgan I.A.Karimovning "Yuksak maʼnaviyat – yengilmas kuch” asari haqidagi taqdimot hamda kitobxonlikni ommalashtirish yuzasidan targʻibot usullari boʻyicha kitobxon Maqsuda Yarashboyeva, Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Xudoyberdi Toʻxtaboyevning "Sariq devni minib” asari yuzasidan Dilnoza Nurimbetova, Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Oʻtkir Hoshimovning "Dunyoning ishlari” asari boʻyicha Nafisa Gulimbetova, Antuan De Sent-Ekzyuperining "Kichkina shahzoda” asari yuzasidan Umida Hayitboyeva hamda Oʻzbekiston xalq shoiri Muhammad Yusufning "Saylanma” sheʼrlar toʻplami yuzasidan Sevara Xalillayevalar batafsil soʻz yuritdilar.

Haftalik uchun tanlab olingan va tumanimizdagi barcha oʻquv muassasalaridagi "Orasta qizlar” toʻgaragi aʼzolari tomonidan mutolaa etilgan yuqoridagi beshta asar boʻyicha kitobxon qizlar oʻz taassurotlari, fikr-mulohazalari bilan oʻrtoqlashdilar. Beshta asarga singdirilgan yuksak insonparvarlik, mehnatsevarlik, oʻzaro mehr-oqibat, ilm-hunar oʻrganishga ishtiyoq, doʻstlik, tinchlik va totuvlik, vatanparvarlik tuygʻulari haqida toʻlib-toshib gapirdilar.

- Kitob rastalarida kitoblar koʻp, - dedi tadbir yakunida tuman hokimi oʻrinbosari, Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi M.Ahmedova yoshlarga qarata, - shu barobarida kitobxonlar ham oz emas. Lekin biz kitobni tanlab, saralab oʻqishni bilamizmi? Gap - mana shunda. "Kitobxonlik va mutolaa madaniyati” haftaligidan koʻzlanayotgan maqsad – yoshlarimiz toʻgʻri kelgan kitobni emas, aynan bizning millatimiz ruhiga mos, qalblarga maʼnaviy oziq, boylik beradigan asarlarni oʻqishlarini targʻib etishdir. Chunki, hozirgi globallashuv jarayonida bizning maʼnaviy ildizlarimizga bolta urish, "ommaviy madaniyat”, diniy ekstremizm, diniy aqidaparastlik gʻoyalarini targʻib qilishga xizmat qiluvchi kitoblar ham har xil yoʻllar bilan chetdan mamlakatimizga olib kelinayotir. Bundan tashqari, maʼnaviy-tarbiyaviy ahamiyati sayoz asarlar chop etilayotir. Demak, oʻqiladigan asarni tanlay bilish ham sanʼat. Oʻsib kelayotgan yoshlar ongida ana shunday sanʼatni, toʻgʻrirogʻi, maʼnaviy immunitetni shakllantirishimiz va mustahkamlashimiz zarur.

"Kitobxonlik va mutolaa madaniyati” haftaligiga bagʻishlangan tadbir ishtirokchilari boʻlgan "Orasta qizlar” toʻgaragi aʼzolari, tumanimizdagi barcha oʻquv muassasalarining oʻzbek tili va adabiyoti fani oʻqituvchilari haftalik davomida oʻquvchi-yoshlar tomonidan oʻqib-oʻrganilgan asarlarning yosh avlodni barkamol insonlar qilib tarbiyalashdagi ahamiyati haqida oʻz fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Robiya YOʻLDOShEVA.
(Foto - http://uza.uz)
🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019