Eng namunali maslahatchi aniqlandi
Mamlakatimizda mahalla institutining nufuzini oshirishga qaratilgan keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda va ushbu noyob tuzilmaning jamiyat hayotidagi ahamiyati tobora oshib bormoqda.
Xususan, fuqarolar yigʻinlari aholi farovonligini oshirish boʻyicha ijtimoiy ahamiyatga ega davlat dasturlarining hayotga tatbiq etilishida ajralmas va muhim ishtirokchi boʻlmoqda. Barkamol avlodni tarbiyalash, sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, oila institutini mustahkamlash, hududlarda maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlashda muhim oʻrin egallamoqda.
Avvalo shuni aytish kerakki, fuqarolar yigʻinlarining diniy maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchilarining mahallalar hayotida tutgan oʻrni gʻoyat muhim.
Bu - tumanimizda oʻtkazilgan "Fuqarolar yigʻinlarining eng namunali diniy maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchisi” koʻrik-tanlovida yaqqol ifodasini topdi.
Mazkur koʻrik-tanlovda tumanimiz OFY va MFYlarida faoliyat yuritayotgan 47 nafar diniy maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchilari faoliyati 1-shart boʻyicha 3 ta yoʻnalishda tayyorlagan hujjatlari, shuningdek, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish darajasi belgilangan mezonlarasosida joriy yilning 20-24-aprel kunlari tashkiliy qoʻmita aʼzolari tomonidan bevosita joylarga borib oʻrganilib, jami 100 ballik tizimda baholandi. Natijalarga koʻra, saralash bosqichida eng yuqori ball olgan 18 nafar diniy maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchilar aniqlanib, tanlovning tuman bosqichga yoʻllanmani qoʻlga kiritgan edilar. Tanlovning tuman boqichi 5-may kuni tuman Madaniyat va sport ishlari boʻlimi binosida boʻlib oʻtdi.
Ushbu tadbirda "Mahalla” xayriya jamoat fondi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqaruvi raisi Qoʻjabay Yelmuratov, "Mahalla ziyosi” oʻquv markazi direktori Bahodir Yunusov, "Mahalla” xayriya jamoat fondi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqaruvi bosh mutaxassisi Aruxan Kelimbetova, tuman tashkiliy qoʻmitasi aʼzolari, davlat va jamoat tashkilotlarining rahbarlari, "Mahalla” fondi va hamkor tashkilotlarning masʼul xodimlari, tumanda mehnat qilayotgan mahalla faollari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdi.
Hakamlar hayʼati tomonidan shartlarni baholash oson boʻlmadi. Chunki, ishtirokchilarning har biri nafaqat gʻolib, balki mahallasining eng faol, yetakchi ayoli, taʼbir joiz boʻlsa fidoyi, jonkuyar onaxoni ekanligini aytib oʻtish joiz. Natijalarga koʻra, Qangli ovul fuqarolar yigʻini maslahatchisi Raʼno Ametova 3-oʻrinni, Oybek nomli mahalla fuqarolar yigʻini maslahatchisi Momojon Rahimova 2-oʻrinni, Ayoqchi mahalla fuqarolar yigʻini maslahatchisi Muborak Jumaniyozova faxrli 1-oʻrinni egallab, tanlovning Qoraqalpogʻiston bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.
Gavhar ChIMBAYChIYeVA,
"Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman boʻlinmasi bosh mutaxassisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶